19
Rastrli grafika
vositasida
shakllangan tasvir
asosan elektron va poligraf nashriyotlarda qo‗llaniladi.
Rastrli
tasvir
ikki
o‗lchovli massiv (matritsa)
ko‗rinishdagi nuqtalar to‗plamidan iborat bo‗lib, ular
piksellar deb ataladi. Rastrli tasvirning eng kichik
elementi pikseldan iborat.
Uning atributlari boshqa
piksellarning atributlariga bog‗liq emas. Kompyuterda
qo‗llaniladigan operatsion
tizimlarning imkonitiyaga
ko‗ra,
480x640, 800x600, 1024x768
va undan ko‗proq
pikselga ega bo‗lgan tasvirlar joylashishi mumkin. Tasvirning o‗lchamiga ko‗ra
uning imkoniyati ham oshib boradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo‗lib, bir
dyuymdagi nuqtalar soni bilan belgilanadi. Rastrli grafik vositalari bilan bajarilgan
(tayyorlagan) tasvirlar juda kam hollardagina kompyuter
dasturlaridan foydalanib
ishlab chiqiladi. Bu maqsadda professional rassom chizgan rasm yoki fotografiya
texnik vositalar yordamida kompyuterga kiritiladi.
Oxirgi paytda rastrli tasvirlarni kompyuterga kiritish
uchun raqamli foto va
videokameralardanfoydalanilmoqda. Shu sababli rastr grafikasini asosiy maqsadi
tasvirni yaratish emas, balki mavjud tasvirni qayta ishlashdir.
Rastrli grafikning ijobiy tomonlari sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin:
•
universalligi (bu formada har qanday tasvirni taqdim etish mumkin);
•
shakllantirshning soddaligi;
•
rang jilolarini berish aniqligining yuqoriligi.
Ushbu usulning salbiy tomonlari sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin:
•
rastrli grafik bloklar hajmining juda kattaligi;
•
ularning masshtabi o‗zgarganda tasvir sifatining pasayishi.
Shu sababli har bir tasvirni kodlash va saqlash
uchun katta hajmdagi xotira
talab etiladi. Tasvirdagi juda kichik obyektlarni ko‗rish uchun uning masshtabini
kattalashtirib bo‗lmaydi. Bu rastrli tasvirlarni qayta ishlash jarayonida ba‘zi bir
muammolarni paydo bo‗lishiga olib keladi.