9
KIRISH
O‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi o‗tgan
davrda
mamlakatimiz ijtimoiy- iqtisodiy hayotining sohalari qatori xalq ta‘limi tizimini isloh
etish bo‗yicha ham ulkan ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda amaldagi «Ta‘lim
to‗g‗risida »gi Qonun talablaridan kelib chiqib ta‘lim yo‗nalishida muayyan yangilik,
o‗zgarishlar dastlabki ijobiy natijalarni bermoqda. Tub islohotlarni amalga oshirish,
bozor munosabatlarini shakllantirish eng avvalo xodimlarning iqtisodiy bilimiga
bog‗liqdir. Kishilarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirmasdan turib
chuqur
o‗zgarishlar qilib bo‗lmaydi.
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga
bag‗ishlangan tantanali marosimdagi ma‘ruzasida ―Biz ta‘lim
va tarbiya tizimining
barcha bo‗g‗inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni
o‗zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz‖, – deb ta‘kidlagan edilar.
Kelajagi
buyuk
davlatni
qurish
tafakkuri,
dunyoqarashi
o‗zgargan
xodimlarimiz, mutaxassislarimizga ko‗p jihatdan bog‗liqdir. Yangicha fikrlaydigan,
bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‗jalik yuritadigan, yuksak malakali, chuqur
bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabi bo‗lib qoldi. Mamlakatimiz rivojlangan
davlatlar qatoridan mustahkam o‗rin egallashi uchun zamonaviy kompyuter
texnologiyalarini xayotimizning barcha jabxalariga keng joriy etib kelinmoqda.
Zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyasining va ularni amalga
oshirish vositalarini juda tez rivojlanishi informatsion jamiyatning shakllanishini
oldindan belgilab beradi. Bunday jamiyatda inson faoliyatining hamma sohalarida
mehnat qilayotganlarning mutlaq ko‗pchiligi
axborotlarni ishlab chiqish, saqlash,
qayta ishlash va uning eng yuqori shakli-bilimlarni tarqatish bilan shug‗ullanadi. Bu
sohada kompyuter grafikasi va dizayni muhim rol o‗ynaydi.
Kompyuter grafikasi va dizayni o‗zi nima? Kompyuter grafikasi – grafik
axborotlarni yaratish, saqlash va qayta ishlash yoki geometrik modellarini,
hajmlarini va ularning tasvirlarini zamonaviy EHM lar yordamida amalga oshiradi.
10
Yangi informatsion texnologiyalar ichida kompyuter grafikasi va dizayni
progressiv yo‗nalish hisoblanadi. Bu yo‗nalish
ham texnika sohasida grafik
stansiyalarning paydo bo‗lishi ham dasturiy vositalarni yaratish sohasida katta
rivojlanishni boshidan kechirmoqda. Chunonchi, sifati bo‗yicha videofilm kadrlari
bilan raqobat qila oluvchi real hajmli, harakatlanuvchi
tasvirlarni yaratish
imkoniyatlari yaratildi. Bu dasturiy mahsulotlar, shuningdek, reklama ishlab
chiqarish mahsuli bo‗lib, san‘at sohasida va multimedia texnologiyasida qo‗llaniladi.
Shuningdek, namoyish grafikasi va ilmiy vizuallash,
geometrik modellashtirish,
grafik interfeyslarni proektlash, animatsiyalar va virtual voqelikni ko‗rishga katta
e‘tibor berilmoqda.
Kompyuter grafikasi va dizayni iqtisodiyot sohasida ham katta muvaffaqiyat
bilan qo‗llanilishi mumkin, masalan, u iqtisodiy ko‗rsatkichlarni tahlil qilishda juda
qo‗l keladi. Kompyuter grafikasi va dizayni butun
dunyoda fundamental fan
hisoblanadi. U iqtisodiy kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga egadir. Maxsus
kompyuter dasturlari tasvirlarni yaratishga, ularni to‗g‗rilash va siljitishga imkon
beradi. Shunday qilib, kompyuter ekranida sichqoncha yordamida,
inson qalam yoki
ruchka yordamida qog‗ozda rasm chizgani kabi, chizishga imkon yaratadi. Bular
rasm solish dasturlari yoki grafik tahrirlagichlar bo‗lib, rasm elementlarini
boshqarishga imkoniyat yaratadi.