58
4- bob. GEOMETRIK ShAKLLARNI TASVIRLASh
4.1. Kompyuter grafikasining matematik asoslari
Zamonaviy kompyuter grafikasini hisoblanadigan grafika deyiladi.
Uning
asosini vektor grafikasi tashkil etadi. Vektor grafikasi asosida esa geometrik
figuralarning
xossalari
to‗g‗risidagi
matematik
tasavvurlar
yotadi.
Ta‘kidlaganimizdek, vektor grafikasining eng oddiy obyekti bo‗lib
chiziq
hisoblanadi. Shu sababli, vektor grafikasi asosida to‗g‗ri chiziqni matematik ifodalash
fikri yotadi. Quyida chiziqning bir necha ko‗rinishlarini ko‗rib chiqamiz.
Nuqta.
Nuqta koordinata maydonida uning o‗rnini koordinata o‗qining
dastlabki nuqtasiga nisbatan belgilovchi ikki son (X,U) bilan ifodalanadi.
To„g„ri chiziq.
Algebra kursidan ma‘lumki, to‗g‗ri chiziqni ifodalash uchun
ikki parametrni berish kifoya. Odatda, to‗g‗ri chiziq
grafikasi quyidagi tenglama
bilan ifodalanadi y = kx + b. k va b parametrlarini bilsak,
koordinata tizimida har
qanday uzunlikdagi to‗g‗ri chiziqni chizish mumkin.
Kesma.
Kesmani chizish uchun yana ikkita parametrni, ya‘ni
kesmani
boshlanish X
1
va tugash X
2
koordinatalarini bilish kerak. Demak,
kesmani ekranda
tasvirlash uchun 4 ta parametr berilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: