113
bo‗lmagan vaqt mobaynida (15-30 foiz) trend o‗zgarishlari kuzatiladi. Bozorlarda
narxlar ma‘lum bir trendga muvofiq o‗zgaradigan davrlar foyda olish uchun eng
qulaydir.
Fraktallar (Fractals) — tub yoki cho‗qqini aniqlashga imkon beruvchi, Bill
Vilyamsning beshta savdo indikatorlaridan biri. Yuqoriga fraktalini texnik aniqlash -
bu minimum beshta ketma-ket barlardan iborat seriya bo‗lib, unda eng yuqori
maksimumdan oldin va uning ketida ancha pastroq maksimumga ega barlar
joylashadi. Qarama-qarshi konfiguratsiya (beshta bardan iborat seriya bo‗lib, unda
eng past minimum oldida va uning ketida yanada yuqoriroq minimumli ikkitadan bar
joylashgan) pastga tomon fraktalga mos keladi. Grafikda fraktallar High va Low
qiymatlariga ega va yuqori yoki pastga qaragan strelkalar bilan belgilangan.
Fractals texnik indikatori signallarini Alligator texnik indikatori yordamida
filtrlash zarur. Boshqacha aytganda, agar fraktal Alligator Tishlaridan pastda
joylashgan bo‗lsa, u holda xarid qilishga bitim tuzmaslik lozim, va agar fraktal
Alligator Tishlaridan yuqorida joylashgan bo‗lsa, u holda sotishga bitim tuzmaslik
lozim. Fraktal signali shakllangandan so‗ng va uning jag‗idan tashqarisidagi
pozitsiyasi bilan belgilanadigan kuchga ega bo‗lgandan so‗ng u yo‗q qilinmaguncha
yoki Fraktalning yanada yangiroq signali vujudga kelmaguncha signal bo‗lib
qolaveradi.
Dostları ilə paylaş: