106
10 – rasm. 5x5 yacheykali kvadrat rastrga misol.
Tasvirni qabul qilishni (vospriyatie) yaxshilash uchun yacheykalarning
boshqacha (masalan, dioganal) joylashishidan ham foydalanish mumkin (11 - rasm).
11 – rasm. 5x5 yacheykalarning dioganal joylashuvi
Diagonal joylashuvni yacheykalarning juft qatorlarni
biroz surish bilan olish
mumkin. Yacheykadagi piksellar koordinatalarini quyidagicha hisoblash mumkin:
,
2
2
mod
m
n
y
S
X
K
= (x-s) mod m,
Y
K
= y mod n.
Gazetalar pechat qilish uchun foydalaniladiganga o‗xshash diagonal rastr
strukturasini olish uchun yacheykalarning boshqa tipdagi kvadrat joylashishidagi ham
foydalanish mumkin.
Yuqorida dizeringga keltirilgan barcha misollar uchun yacheykalarning doimiy
qadamga ega bo‗lgan o‗zgaruvchan o‗lchamli nuqtalar hosil qilinganligiga e‘tibor
qilgan bo‗lsangiz kerak. Ammo tez-tez boshqacha bir yondashuv – doimiy o‗lchamli
nuqtalarning o‗zgaruvchan qalinlikda joylashuvidan ham foydalanib turiladi. Bu usul
chactotali modulyatsiya (ChM) nomini oldi.
ChM usulining yaxshi tomoni – rastr strukturasining kamroq sezilishidir.
Uning qo‗llanilishi piksellarning o‗lchamlari ularning qadamidan katta bo‗lgan
107
hollarda qiyinchilik tug‗diradi. Ma‘lum bir qalinlikdan so‗ng piksellar tutashib
ketadilar.
Bundan tashqari, diskret rastrda, ayniqsa o‗lchami uncha katta bo‗lmagan
yacheykalar uchun qalinlikni (chastotani) tekis (planoviy) o‗zgarishini ta‘minlab
bo‗lmaydi. ChM – dizering usuli bilan barpo etilgan tasvirlar uchun rastrli struktura
kamroq seziladi.
Ammo bir xil yacheykalarning ma‘lum tartibda joylashuvida hamisha tekstura,
tovlanuvchan sirt (muar), oshiqcha konturlar paydo bo‗ladi. Muhim masalalardan biri
– rastr strukturasini eng kam miqdorda sezilishini (aksincha gravyura stilida bunday
strukturani yaqqol namoyon etish kerak bo‗lgan holatlardan tashqari) ta‘minlovchi
variantlarni ishlab chiqishdir. Bu anchagina murakkab masala.
Etarlicha sifatli tasvirlar hosil qilishning usullaridan biri –
bu sochiluvchan
(diffuz) dizeringdir (diffused dithering). Uning mohiyati shundaki, yacheykalar
tasodifiy (yoki psevdotasodifiy) ravishda hosil qilinadi. Agar har bir gradatsiya uchun
tasodifiy
yacheykalar hosil qilsak, unda hatto rastrlarning doimiy rangli piksellari
uchun ham tartiblashgan struktura hosil bo‗lmaydi. Bu notekis (matoviy) sirtdan
nurning sochilib qaytishiga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: