Vektorli grafika vositasida shakllangan tasvir sodda grafik obyektlar
to‗plamidan tuzilgan bo‗lib, uning tipik elementiga mos
keladi. Vektorli tasvirning asosiy elementi chiziq bo‗lib
hisoblanadi. Kompyuter xotirasida bu chiziq juda katta
joy egallamaydi, chunki xotirada chiziqni faqat
parametrlari
ko‗rsatiladi.
Unda
sodda
obyektlar
murakkab obyektlarga birlashtiriladi, shu sababli vektor
grafikasini obyektga yo‗naltirilgan grafika deb ham
aytiladi. Kompyuter xotirasida vektor grafikasi chiziqlar
sifatida saqlanib turishiga qaramasdan, tasvir ekranga
nuqtalar sifatida chiqariladi. Tasvirni ekranga chiqarishdan oldin har bir parametrni
hisoblab chiqadi. Shu sababli vektor grafikasini hisoblanuvchi grafika deb aytiladi.
Vektor grafikasi yordamida sodda turdagi bezash ishlarini olib borish mumkin.
Vektorli grafik tizimning muhim tavsifi bo‗lib, uning sodda grafik
elementlarining tarkibi xizmat qiladi, sodda grafik elementlariga bir necha misol
keltiramiz:
•
Koordinatasi ko‗rsatilgan nuqtalar boshlanuvchi ma‘lum bir burchak ostida
yo‗nalgan va berilgan uzunlikka ega bo‗lgan chiziq;
•
Markazi koordinatalari ko‗rsatilgan nuqtada joylashuvchi, yarim o‗qlarining
uzunligi, chiziqning rang va qalinligi, hamda uni bo‗yash rangi berilgan ellips;
•
Chap tomondagi yuqori burchagiga joylashgan nuqtaning koordinatalri,
tomonlar uzunligi, chiziq qalinligi va rangi ko‗rsatilgan to‗g‗ri to‗rtburchak.
Vektorli tasvirni ko‗rsatayotganda sodda elementlarning chiziqli geometrik
atributlari, uning boshlang‗ich va zarur o‗lchamlari o‗rtasidagi munosabatni, hamda
chiqarish qurilmalarida (monitorlar, chop etish qurilmasi) ruxsat berilgan xatolikni
hisobga olgan holda hisoblab chiqadi. Bunday usul masshtablashtirish imkoniyatini
sezilarli darajada oshiradi. Tasvir o‗lchamini qancha ko‗paytirsa ham, uning sifati
o‗zgarmaydi. Tasvirning o‗lchamlarini juda kichiklashtirib yuborganda, sodda
elementlarning chiziqlari ustma-ust tushib qolishi va xatolarni ixchamlash hisobiga u
o‗zgarishi (buzilishi mumkin).