115
8- bob. GRAFIK DIZAYNGA KIRISh
8.1. Grafik dizayni asoslari
Ushbu bobda dizayn to‗g‗risida gaplashamiz. Chizish yoki kompozitsiya tuzish
malakasi to‗g‗risida emas – buning uchun esa talant va afzal ko‗rish etarlidir. Bundan
tashqari biz hech bir grafik paketni ishlash spetsifikasiga qarab o‗tmaymiz, shunga
qaramasdan ko‗pgina foydalanuvchilar Photoshop yoki Corel Drawni ozgina
o‗rganib, o‗zlarini dizaynerlar deb atay boshlaydilar. Dizayn to‗g‗risida fan sifati
haqida gaplashamiz. Shu bilan birga aniq shakllangan qoida va aksiomalarga,
avlodlarning almashishlari va birliklarning ochilishlari to‗g‗risidagi fan sifatida.
Siz faqat ushbu bobni o‗rganib dizayner bo‗la olmaysiz. Ammo biz
ishonamizki, siz asosiy bo‗lgan narsalarni tushunib olasiz: agar biror narsa yaxshi
qilingan bo‗lsa, u obyektiv sabablar bilan yaxshi qilingan va ushbu ishni yaratuvchi
unga o‗z talanti yoki nazariy bilimlari orqali erishgani esa boshqa masaladir.
Biz o‗quvchining badiiy talantga ega bo‗lmasdan ham dizayner bo‗lishi
mumkinligini tushunishini xohlaymiz. Buning uchun esa insonning ―nima yaxshi-yu,
nima yomon‖ ligini aniqlovchi qoidalarni aniq tushunishi kerak.
Biz o‗lcham, shakl, tekstura rangi, joylashuv va shrift kabi tushunchalar
to‗g‗risida gapiramiz. Shuningdek kompozitsiya masalalarini ham ko‗rib o‗tamiz.
Tanlov nimaga asoslanganligi va tanlovni rad etish xususiyatlarini shakllantirishga
harakat qilamiz. Siz omadli variantlarning butun variantlarda sanoqli ekanligini
tushunib olasiz. Biz boshlovchi dizaynerlar yo‗l qo‗yadigan asosiy xatolar va
anglashmovchiliklarni oldini olishga harakat qilamiz.
Bularning barchasi dizaynga bo‗lgan sodda qarashlardir. Dizayn sizga qiziq
tuyilayotgan bo‗lsa, ushbu kitobdan ham yaxshiroq bo‗lgan adabiyotlarni tavsiya
qilamiz. Ular dizaynning eng asosiy masalasi bo‗lgan – ―qanday qilib chiroyli qilish
mumkin‖ savoliga javob beradi.
Dostları ilə paylaş: