108
7-
bob. FOREKS BOZORLARIDA FRAKTAL GRAFIKADAN
FOYDALANISh
7.1. Fraktal tasvirlar va ularni hosil qilish algoritmlari
Fraktal grafika vositasida shakllangan tasvirlar ham xuddi vektorli grafika kabi
matematik hisoblarga asoslangan. Ammo kompyuter xotirasida hech qanday obyektni
saqlamasligi bilan undan farq qiladi. Tasvir tenglama (yoki tenglamalr tizimi)
bo‗yicha
quriladi, shuning uchun formulalardan boshqa
hech narsani saqlash kerak
emas.
«Fraktal» atamasi lotincha Fractus so‗zidan olingan va u «qismlardan tuzilgan»
ma‘nosini anglatadi. Frantsuz matematigi Benua Mandelbrot 1975 yilda «The fractal
geometry of Nature» kitobini nashr qildi va fraktal so‗zi eng ko‗p
tarqalgan
atamalardan biriga aylandi.
Eng sodda fraktal obyekt
sifatida qor uchqunlarini,
yoki paporotnik bargini
keltirish mumkin. Shuning uchun ham fraktal obyekt
chizish yoki bezash asosida
emas, balki programmalashtirish asosida hosil bo‗ladi. Kompyuterda tashkil qilingan
turli o‗yinlarda ham fraktal grafikasidan foydalaniladi.
Fraktal grafikasi kompyuter
xotirasida saqlanib turmaydi. Har bir tasvir tenglama
yoki tenglamalar sistemasi
asosida quriladi. Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsiyentini o‗zgartirish
orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: