118
Ushbu misol bizni shaklni o‗lchamni qabul qilish munosabatini aniqlovchi
asosiy tushunchaga olib keladi. Bu kompaktlilik yoki zichlik. Ba‘zan adabiyotlar eng
zich figura deb aylanani aytishadi. Bizning fikrimizcha, buunchalik to‗g‗ri emas.
Biz shaklning kompaktliligini uning maydonini ko‗rish
zonasi chegarasida
to‗ldirilmagan joylar nisbati sifatida aniqlaymiz. Murakkablik misolda tushuntirib
o‗tamiz.
Aytaylik, biz ikkita figura – kvadrat va aylanani tanga va markaga
joylashtirishingiz zarur (3 - rasm).
a)
b)
3 - rasm. Aylana va kvadrat obyektni joylashtirish.
a) markaga; b) tangaga
Ushbu rasmdan ko‗rish
mumkinki, marka uchun eng kompakt figura bo‗lib
kvadrat, tanga uchun esa – aylana hisoblanadi.
Qabul qilishning ushbu nisbiyligidan shuni esda tutish kerakki, kompaktlikning
o‗zi o‗lchamlarni qabul qilishni aniqlaydi. Eng zich figura doimo yirikroq ko‗rinadi.
Bu 3-rasmda keltirilgan, ayniqsa markaga nisbatan.
Amaliyotda ushbu xossa quyidagicha ishlatiladi. Aytaylik,
kompaniya tashrif
kartochkalarida foydalanish uchun ―AGGW‖ deb shartli nomlangan logotipni chizish
vazifasi turgan bo‗lsin.
119
Agar siz kartochkada ushbu elementning muhimligini ko‗rsatmoqchi
bo‗lsangiz, unga e‘tiborni jalb etmoqchi ekansiz, unda
logotipning kompakt shaklda
bo‗lishiga to‗xtashingiz lozim (4-rasm, a). Agar logotip o‗ziga e‘tiborni jalb
qilmasligi lozim bo‗lsa va ko‗proq fon rolini o‗ynasa, unda sizning tanlovingiz 4 b-
rasm bo‗ladi. Buning barchasi tashrif kartochkasidagi elementlarning bir xil
o‗lchamda ekanligiga e‘tibor bering.
a)
b)
4-rasm. Logotip shakli: a) kompakt; b) kompakt bo„lmagan.
Dostları ilə paylaş: