161
12- bob. KOMPYuTER GRAFIKASINING IQTISODIY SOHALARDA
QO„LLANILIShI
12.1. Iqtisodiy masalalarni echishda kompyuter grafikasidan foydalanish
Ilmiy-texnik taraqqiyot va kommunikatsiyaning rivojlanishi, savdolarning
avtomatlashtirilishi, elektron savdo birjalarining vujudga kelishi ta‘sirida
moliyaviy
globallashuv gorizontal yo‗nalish bilan birga, vertikal yo‗nalishni ham qamrab oldi
va professional moliyaviy vositachilar hamda institutsional
investorlardan tashqari
individual investor kategoriyasini keltirib chiqardi.
An‘anaviy savdo uslubi bilan birga elektron savdo tizimlari o‗tgan asrning 80-
yillaridan boshlab qo‗llanila boshlagan bo‗lsa, 90-yillarga kelib,
ushbu
texnologiyalardan foydalanish ommaviy tus oldi. Yangi texnologiyalarni qo‗llash
aynan valyuta bozori va valyuta derivativ (hosilaviy instrument)lari bilan savdolarda
sodir bo‗la boshladi. 2010- yilda banklararo valyutalar savdosining qariyb
41,3 foizgacha miqdori elektron brokerlik savdo tizimlari orqali amalga oshirilgan
(1995 yilda ushbu ko‗rsatkich 10 foizni tashkil etgan). Dastlab
derivativlar savdosi
London birjalarida auktsion tarzida amalga oshirilgan bo‗lsa, keyinchalik ular Eurex
tizimi orqali elektron savdolar tizimiga to‗liq moslashtirildi.
Innovatsion jarayonlarni axborot bilan ta‘minlashning asosiy masalalaridan
biri, korxonada tuzilmaviy o‗zgarishlarni avtomatlashtirilgan monitoring o‗tkazish
amallari hisoblanadi. Shunga bog‗liq ravishda
korxonada innovatsion
ma‘lumotlar va bilimlar banklarini doimiy ravishda yangilab borish va ulardan
foydalanish maqsadida korxona tasarrufida innovatsion-axborot ta‘minoti
markazlarini (IATM) yaratish maqsadga muvoqfiqdir.
Xalqaro Foreks valyuta bozorida ishlash uchun treyder uchun juda ham muhim
u yoki bu dasturiy ta‘minot ega bo‗lgan asosiy xususiyatlarni aniqlash hisoblanadi.
Shuningdek dasturiy ta‘minotga ega bo‗lishi kerak bo‗lgan eng muhim jihatlardan
biri hujumlardan himoyalanish hisoblanadi. Dasturiy ta‘minot dasturiy qo‗llab-
quvvatlashga ega bo‗lishi va ma‘lum vaqt o‗tgandan so‗ng yangilanib turishi kerak.
Bundan
tashqari, dasturiy ta‘minot ma‘lumotlaridan nusxa olish, nusxalarni yaratish
162
va saqlash funksiyasiga ega bo‗lishi juda muhimdir. To‗g‗ri
tanlab olingan dasturiy
ta‘minot treyderga o‗z savdo vaqtini to‗g‗ri rejalashtirishga va Foreks valyuta
bozorida savdo qilishdan maksimum foyda olishga imkon beradi. Dasturiy
ta‘minotdan foydalanish treyderning Foreks bozoridagi ishini ancha engillashtiradi.
Ammo u yoki bu dasturiy ta‘minotni aniqlashtirib olish
uchun avval uni testdan
o‗tkazish lozim, faqat shundan keyingina undan xalqaro Foreks valyuta bozoridagi
doimiy savdoda foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: