Nazorat savollari:
1.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda qanday
risklar mavjud?
2.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi risklar, ularni boshqarish
ahamiyatini tushuntirib beringchi?
3.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi risklar, ularni baholash ahamiyatini
tushuntirib beringchi?
4.
Investitsiya loyihalarini turli risklardan himoya qilish mexanizmlari mohiyati
nimalardan iborat ?
5.
Investitsiya loyihasini risklarini tasnifini turli tizimlari nimani anglatadi ?
6.
Riskdan himoyalash imkoniyatlari nuqtai-nazaridan tasniflash nimalarni nazarda
tutadi?
7.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasi qilishda risk va noaniqliklar tahlili deganda
nimani tushunasiz?
8.
Investitsiya loyihalarini ekspertizasida zararsizlik nuqtasi tahlili deganda nimani
tushunasiz?
9.
Investitsiya loyihasiga ta‘sir etuvchi risklarni sifat jihatidan aniqlash deganda
nima tushuniladi?
10.
Investitsiya loyihasiga ta‘sir etuvchi risklarni baholashning qanday turlari
mavjud?
11.
Risklarni miqdor jihatidan baholash deganda nima tushuniloadi?
12.
Investitsiya loyihasiga ta‘sir etuvchi risklarni baholashda barqarorlik tahlili va
loyiha sezgirligi tahlili usullarining mazmuni nimadan iborat?
200
X-BOB.
INVESTITSIYA
LOYIHASI
BO’YICHA
GAROV
TA’MINOTINING EKSPERTIZASI
10.1.
Garov ta’minotining mazmuni, mohiyati, turlari va huquqiy asoslari
Ma‘lumki, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning asosiy shartlaridan
biri bu garov ta‘minoti hisoblanadi. Garov - bu qarz oluvchi tomonidan o‘z
majburiyatlarini bajarmasligini oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan
ta‘minot turi hisoblanib, bunda qarzdor majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, unga
tegishli bo‘lgan va garovga qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan ushbu mol-mulkni
garovga olgan shaxs qarzdorning boshqa kreditorlari oldidagi majburiyatlarini
amalga oshirish uchun foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
Birinchi bor qabul qilingan 1992 yil 9 dekabrdagi O‘zbekiston
Respublikasining ―Garov to‘g‘risida‖gi Qonunida garov ta‘minotining tartib
qoidalari belgilab berilgan edi va unga ko‘ra: ―garov – bir shaxsning boshqa
shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni ta‘minlash uchun
berishi‖
39
, tarzida ta‘rif berilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 maydagi 614-1-sonli ―Garov
to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar
kiritish haqida‖gi yangi tahrirda qabul qilingan Qonunining 1-moddasiga ko‘ra esa:
―Garov majburiyatlar bajarilishini ta‘minlash usullaridan biri hisoblanadi.
Garov tufayli kreditor (garovga oluvchi) qarzdor majburiyatlarni bajarmagan
taqdirda garovga qo‘yuvchi garovga qo‘ygan mol-mulk qiymatidan ta‘minlanish
huquqiga egadir‖
40
, sifatida ta‘rif berilgan.
Garov munosabatida ikki tomon ishtirok etadi: - garovga oluvchi – kreditor
(garovga oluvchi ham, uchinchi shaxs ham), garovga qo‘yuvchi shaxs – qarzdor.
39
O‘zbekiston Respublikasining ―Garov to‘g‘risida‖gi Qonuni,1992 yil 9 dekabr (eski tahrir).
40
O‘zbekiston Respublikasining ―Garov to‘g‘risida‖gi Qonuni,1998 yil 1 may (yangi tahrir).
201
Qonunda garov munosabatlarining subyektlari (garovga qo‘yuvchi va garovga
oluvchi) to‘g‘risida quyidagilar bayon etilgan:
1. Yuridik yoki jismoniy shaxslar garovga qo‘yuvchi yoki garovga oluvchi
bo‘lishlari mumkin.
2. Qarzdorning o‘zi ham, uchinchi shaxs (mulkiy kafil) ham garovga
qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin. Garovga qo‘yuvchi garovga berilayotgan mol-mulkka
egalik (to‘liq xo‘jalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruv) huquqiga ega bo‘lishi
lozim. Mol-mulk to‘liq xo‘jalik tasarrufi huquqi bilan birkitib qo‘yilgan korxona
shu mol-mulk egasining yoki u vakolat bergan idoraning roziligi bilan umuman
korxonaning, mulkiy majmualar sifatida uning tuzilmalari va bo‘linmalarining,
shuningdek alohida binolar va inshootlarning garovini amalga oshiradi. O‘ziga
birkitib qo‘yilgan mol-mulkni bevosita idora qilish huquqiga ega bo‘lgan muassasa
(tashkilot) o‘ziga ruxsat etilgan xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga
orttirilgan ashyolar yoki huquqlarni garovga berishga xaqlidir. Egalik huquqining
keyingi subyektga o‘tishi to‘liq xo‘jalik tasarrufi yoki bevosita boshqaruvi ostidagi
mol-mulk garoviga dahl qilmaydi.
3. Huquqlarni garovga qo‘yishda shu huquqlarga ega bo‘lgan shaxs garovga
qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin. Bir necha shaxsga birgalikda tegishli bo‘lgan huquq
uning barcha egalarining roziligi bilangina garovga qo‘yilishi mumkin. Ijarachi
ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina ijaraga beruvchining roziligisiz
o‘zining ijaraga oid huquqlarini garovga o‘tkazishga haqlidir.
4. Boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar, qonunlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa,
garovga doir munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy
shaxslari bilan ayni bir xil huquqlardan foydalanadilar hamda ayni bir xil
majburiyatlarga ega bo‘ladilar.
Garovning yuzaga kelish sabablari asosan ikkita: kelishuv asosida (shartnoma
tuzilganda) hamda qonun xujjatlari tufayli (yoki qonunda ko‘rsatilgan asoslar
sabali) garov munosabatlari yuzaga keladi. Garov qonun xujjatlari tufayli yuzaga
kelganda garovning vujudga kelishini nazarda tutuvchi qonunda qanday
202
majburiyatga ko‘ra va aynan qaysi mol-mulk garovda turgan deb e‘tirof etilishi
lozimligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Garov shartnomasining mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning
barchasida: garov shartnomasi predmetining shart-sharoitlari va uni baholash;
garov bilan ta‘minlangan majburiyatning bajarilish muddati va hajmi; mulkning
garov shartnomasi tomonlarining qaysi birida ekanligi ko‘rsatiladi. Shuningdek,
garov shartnomasida tomonlarning nomi, joylashgan manzili (istiqomat joyi),
garov turi, garov bilan ta‘minlangan talabning mohiyati, uning miqdori,
majburiyatni ijro etish muddatlari, garovdagi mol-mulkning ro‘yxati, qiymati va
turgan joyi, shu bilan birga, tomonlarning kelishuviga erishilgan boshqa
ma‘lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
Garov shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim, u notarial yo‘l bilan
tasdiqlanishi va shunday ro‘yxatni yurituvchi davlat idorasida qayd etilishi zarur.
Ko‘chmas mulk va unga bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yish shartnomalari,
shuningdek muomaladagi va qayta ishlovdagi mollarni garovga qo‘yish notarial
yo‘l bilan albatta tasdiqlanishi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Qonunlarda
garov shartnomalarini notarial yo‘l bilan tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishning boshqa hollari nazarda tutilishi mumkin. Basharti, shartnomada
nazarda tutilgan bo‘lsa, notarial idora garov to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlash
bilan bir paytda garov narsasini tasarrufdan chiqarishni taqiqlab qo‘yadi. Garov
sharti garov bilan ta‘minlangan majburiyat yuzaga keluvchi shartnomaga kiritilishi
mumkin. Bunday shartnoma qonunda belgilangan tartibda notarial yo‘l bilan
tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Garov to‘g‘risidagi shartnoma shakliga, uni tasdiqlash va ro‘yxatdan
o‘tkazish tartibiga rioya etilmagan hollarda shartnoma haqiqiy emas deb
hisoblanadi.
Garov narsasi (predmeti) bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Ashyolar, qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, shaxsiy yordamchi xo‘jalik
yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kim oshdi savdosi asosida olingan er
uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi, shuningdek savdo
203
va xizmat ko‘rsatish sohasi ob‘ektlari, turar joy binolari ular joylashgan er
uchastkalari bilan birgalikda, boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlar garov narsasi
bo‘lishi mumkin. Shaxsiy xususiyatga ega bo‘lgan talablar, shuningdek garovga
qo‘yilishi qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan boshqa talablar garov narsasi bo‘lishi
mumkin emas.
Garov huquqi kelgusida garovga qo‘yuvchining egaligiga (to‘liq xo‘jalik
tasarrufiga yoki bevosita boshqaruviga) o‘tadigan mol-mulkka nisbatan shartnoma
bilan tatbiq etilishi mumkin. Basharti, shartnomada yoki qonunlarda o‘zgacha
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mol-mulkka nisbatan garov huquqi mol-mulkning
ashyolarini ham, tarkibiy samarasini ham o‘z ichiga oladi. Mol-mulkka nisbatan
garov huquqi shartnomada yoki qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, doirada va
tartibda ajratib bo‘ladigan samarani, bo‘lg‘usi hosilni, chorva mollar naslini,
buyum keltiradigan daromadlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Tarixiy, madaniy yoki
o‘zga qimmati tufayli yoxud davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan garov qo‘llanilishi
mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Agar shartnomada yoki qonunlarda o‘zgacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
garov haqiqatda qondirish paytida bo‘lgan hajmdagi talabni qondiradi, foizlar,
ijroni kechiktirib yuborish oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplash, jarimalarni
to‘lash, garovga qo‘yilgan mol-mulkni saqlab turishga ketadigan zarur chiqimlar,
shuningdek undiruv olish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplash shular jumlasiga
kiradi.
Garov kelgusida paydo bo‘luvchi talablarga nisbatan ham, basharti, tomonlar
bunday talablarning garov bilan ta‘minlanish miqdori to‘g‘risida kelishib olsalar,
belgilanishi mumkin.
O‘rtadagi umumiy mol-mulk faqat barcha mulkdorlarning roziligi bilan
garovga berilishi mumkin. Agar mulkdorning umumiy hissabay mulkdagi o‘z
ulushini garovga qo‘yish nazarda tutilgan bo‘lsa, qolgan mulk egalarining rozilik
berishini talab qilmaydi.
204
Shartnomalar yoki qonunlarda o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa,
garovga qo‘yilgan mol-mulkning egasi (to‘liq xo‘jalik tasarrufi yoki bevosita
boshqaruv huquqi subyekti) narsa tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan ishdan
chiqishi xavfini o‘z zimmasiga oladi.
Garov narsasi (predmeti) sug‘urta qilinadi va bunda agar mol-mulk uning
egasi tomonidan sug‘urtalanmagan bo‘lsa, garov shartnomasiga muvofiq, garovga
oluvchining zimmasiga uning tasarrufiga berilgan garovdagi mol-mulkni sug‘urta
qilish majburiyati yuklanishi mumkin.
Garovga qo‘yuvchining foydalanishida qoladigan garovdagi mol-mulkni
sug‘urta qilish uning o‘ziga yuklanadi.
Shartnoma yoki qonunlar bilan garovga qo‘yuvchi zimmasiga davlat
boshqaruv idoralari tomonidan uning xo‘jalik faoliyatini to‘xtatib qo‘yuvchi yoxud
unga xalaqit qiluvchi yoki unga salbiy ta‘sir etuvchi xatti-harakatlar sodir etilishi
va hujjatlar qabul qilinishi (mol-mulkni musodara, rekvizitsiya qilish), shuningdek
tugatilishi yoki xo‘jalik subyekti to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan deb e‘tirof etilishi
hollaridan sug‘urta qilish majburiyati yuklanishi mumkin. Garovdagi mol-mulk
sug‘urta qilishda garovga oluvchi garov bilan ta‘minlangan majburiyat
summasigacha bo‘lgan sug‘urta puli summasini oluvchi deb ko‘rsatiladi. Garovga
qo‘yuvchi sug‘urta pulining qoldiq summasini oladi. Sug‘urta hollari sodir
bo‘lganda garovga oluvchi o‘z talablari sug‘urta puli summasidan imtiyozli
qondirilishi huquqiga ega bo‘ladi.
Ba‘zi iqtisodiy adabiyotlarda garovning quyidagi turlarini ko‘rsatib o‘tilgan
bo‘lsa, boshqa iqtisodiy adabiyotlarda garovning tasniflanishi 1-rasmda
ifodalangandek berilgan:
- ipoteka – ko‘chmas mulk garovi;
- lombardga narsalarni garovga qo‘yish – bunda agar garovga qo‘yilgan mol-
mulkni sotishdan tushgan mablag‘ barcha zararlarni qoplamasa, lombard
qarzdorning zararini qoplab berishni talab qilish huquqiga ega bo‘lmaydi.
205
- muomaladagi tovarlarning garovi – garovga qo‘yilgan mahsulotning
(inventar, xom ashyo) tarkibi va tabiiy shakli, agar ularning umumiy qiymati garov
shartnomasida ko‘rsatilgan qiymatdan kam bo‘lmasa, o‘zgartirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |