10.1-rasm. Garov turlari
41
O‘zbekiston Respublikasining ―Garov to‘g‘risida‖gi yangi tahrirdagi
qonuniga ko‘ra garovning quyidagi turlari berilgan:
1. Zakalat – ko‘char mol-mulkning garovidir, bunda garov narsasini tashkil
etuvchi ashyo garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchi ixtiyoriga beriladi.
Kreditorning garovga qo‘yuvchi bilan kelishuviga binoan garov narsasi garovga
qo‘yuvchi ixtiyorida qulflangan va garovga oluvchining muhri bosilgan holda
(ishonchli garov) qoldirilishi mumkin. Alohida belgilangan ashyo garov to‘g‘risida
dalolat beruvchi belgilar qo‘yilgan holda garovga qo‘yuvchi ixtiyorida qoldirilishi
mumkin.
2. Garov narsasi garovga qo‘yuvchida yoki uchinchi shaxsda qoladigan
ko‘chmas mulk garovi ipoteka deb e‘tirof qilinadi. Yer bilan bog‘liq mol-mulk –
41
O‘zbekiston Respublikasining Garov to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi qonuniga ko‘ra muallif tomonidan
shakllanti
206
imorat, inshoot, ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar, korxonalar, boshqa mulkiy
majmualar, yuridik va jismoniy shaxslar mulkida bo‘lgan savdo va xizmat
ko‘rsatish sohasi ob‘ektlari, shuningdek turar joy binolari ular joylashgan er
uchastkalari bilan birga qonunlar bilan ko‘chmas mulk sirasiga kiritilgan boshqa
mol-mulk, shuningdek transport vositalari ipoteka narsasi bo‘lishi mumkin.
3. Xom ashyo, butlovchi buyumlar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar
muomaladagi va qayta ishlashdagi mollarning garov narsasi bo‘lishi mumkin.
Muomaladagi va qayta ishlashdagi mollar garovida garov narsasi (mol
zahiralari, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulot kabilar)ning
tarkibi va natural shaklini o‘zgartirishga, ularning umumiy qiymati garov
to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilganidan kam bo‘lib qolmasligi sharti bilan yo‘l
qo‘yiladi. Agar shartnomada o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, garovga
qo‘yilgan mollarning garov bilan ta‘minlangan majburiyatning bajarilgan qismiga
mutanosib ravishda ularning qiymatini pasaytirishga yo‘l qo‘yiladi. Muomaladagi
va qayta ishlashdagi mollar garovida garovga qo‘yuvchi tomonidan realizatsiya
qilingan mollar qo‘lga kirituvchining mulkiga, to‘liq xo‘jalik tasarrufiga yoki
bevosita boshqaruviga o‘tgan paytdan boshlab garov narsasi bo‘lishdan to‘xtaydi,
garovga qo‘yuvchi sotib olgan, garov to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan
mollar ularga nisbatan garovga qo‘yuvchining mulkiy yoki to‘liq xo‘jalik tasarrufi
huquq paydo bo‘lgan paytdan boshlab garov narsasiga aylanadi.
4. Garovga qo‘yuvchiga tegishli egalik qilish va foydalanish huquqlari, shu
jumladan ijarachining huquqlari, majburiyatlaridan kelib chiquvchi boshqa
huquqlar (talablar) va o‘zga mulkiy huquqlar garov narsasi bo‘lishi mumkin.
Garov narsasi bo‘lishi qonun bilan man qilingan huquqlarni garovga qo‘yishga
yo‘l qo‘yilmaydi. Er uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni, shuningdek o‘zga tabiiy
resurslarga nisbatan bo‘lgan huquqlarni garovga qo‘yishga qonunlarda belgilangan
me‘yor va shartlarda ruxsat etiladi. Muddatli huquq uning amal qilish muddati
tugagunga qadargina garov narsasi bo‘lishi mumkin.
5. Garov narsasi hisoblanuvchi qimmatbaho qog‘ozlar yoki pul mablag‘lari
notarial idora yoki bankning depozit hisobida saqlanadi. Ushbu summaga
207
hisoblanadigan foizlar garovga qo‘yuvchiga tegishli bo‘ladi. Basharti, qimmatbaho
qog‘ozlar yoki pul mablag‘larining garovga oluvchisi bank bo‘lsa, unda garov
shartnomasi notarial yo‘l bilan tasdiqlanmaydi va maxsus ro‘yxatdan
o‘tkazilmaydi.
Garovga ko‘ra qarzdor (garovga qo‘yuvchi) garov bilan ta‘minlangan
majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditor
(garovga oluvchi) bu majburiyat bo‘yicha garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga
qo‘yilgan mol-mulkning qiymatidan boshqa kreditorlarga qaraganda imtiyozli
suratda qanoatlantirilishiga xaqli bo‘ladi.
Qonun bo‘yicha haqiqiy bo‘lgan har qanday majburiyatning: zayom, bank
krediti, ijara, oldi-sotdi, yuklarni tashish va huquqning har qanday subyektlari
(jismoniy va yuridik shaxslar, davlat) o‘rtasidagi boshqa majburiyatlarning
bajarilishi garov bilan ta‘minlanishi mumkin. Majburiyat pul birliklarida (milliy
valyutada yoki chet el valyutasida) ifodalangan bo‘lishi lozim.
Qarzdor garov bilan ta‘minlangan majburiyatni bajarmagan taqdirda kreditor
talabini garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatidan qondirish sud, xo‘jalik sudi va
xolislar sudining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Qonunlarda nazarda tutilgan
hollarda undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish notariusning ijro etish
yozuvi asosida muqarrar tartibda amalga oshiriladi.
Garov narsasini sotish sud ijrochisi tomonidan sud bergan ijro varaqasi yohud
xo‘jalik sudining buyrug‘i yoki notariusning ijro etish yozuvi asosida qonunlarda
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Garov narsasini sotish kimoshdi
savdosi (ochiq savdoda) yoki vositachilik do‘konlari orqali amalga oshiriladi.
Undiruv garovga qo‘yilgan narsaga qaratilganda garovga oluvchining talabi
boshqa kreditorlarga nisbatan imtiyozli tarzda qondiriladi, O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno. Agar garov
narsasini sotishdan tushgan pul garov oluvchining talablarini qoplashga kamlik
qilsa, shartnomada yoki qonunlarda o‘zgacha qoidalar yo‘q bo‘lgan taqdirda
etishmayotgan pulni garov oluvchi qarzdorning boshqa mol-mulkidan qonunlarda
nazarda tutilgan navbat bilan olish huquqiga ega bo‘ladi. Agar garov narsasini
208
sotishdan tushgan pul kreditorning garov bilan ta‘minlangan majburiyat bo‘yicha
talablari miqdoridan ortiq bo‘lsa, kreditor bir oylik muddat ichida qarzdorga farqni
to‘lashi shart.
Garov huquqi quyidagi holatlarda to‘xtatiladi:
a) garov bilan ta‘minlangan majburiyat ijro etilganda;
b) garovga qo‘yilgan mol-mulk nobud bo‘lganda;
v) garov narsasiga bo‘lgan huquq garovga oluvchiga o‘tganida;
g) garovga qo‘yilgan mol-mulk majburan sotilganda;
d) da‘vo muddati o‘tib ketganligi oqibatida garov bilan ta‘minlangan
majburiyat bo‘yicha kreditorning o‘z talablari qanoatlantirilishi mumkin
bo‘lmaganda;
e) garov narsasini tashkil etuvchi huquqning amal qilish muddati tugaganda;
j) Qonunda nazarda tutilgan boshqa holatlar.
Garovga doir qonun xujjatlariga ko‘ra garov quyidagi hollarda ham tugatiladi:
- majburiyatlar amalga oshirilganda (qarz qaytarib berilganda);
- garovga qo‘yilgan mol-mulkni kim oshdi savdosida sotish yoxud uni
sotishni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan hollarda;
- garovga qo‘yuvchining talabiga binoan garovga qo‘yilgan mulkning
yo‘qolishi yoki zarar yetkazilishi xavfi mavjudligida;
- agar garovga qo‘yuvchi garovga qo‘yilgan narsalarni tiklash yoki uni
almashtirish huquqidan foydalanmasa, garovga qo‘yilgan narsalar nobud bo‘lganda
yoki garovga qo‘yilgan huquq tugatilgan hollarda garov tugatiladi.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda garov ta‘minoti tamoyili
yordamida iqtisodiyotning rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish
o‘rtasida bo‘lishi zarur bo‘lgan proportsiyalarining bir me‘yorda bo‘lishi
rag‘batlantiriladi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xo‘jalik
aylanmasida ishtirok etuvchi bank mablag‘larining har bir so‘miga muayyan
moddiy boyliklarning bir so‘mi qarama-qarshi turishi kerak.
Qarzni qaytarmaslikning oldini olish maqsadida investitsiya loyihalari
bo‘yicha qarz oluvchi bankka quyidagi ta‘minot turlarini taqdim etishi mumkin:
|