Loyiha jarayoni va ob’ektni ishga tushirish monitoringi quyidagi shakllar va
yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
1.
Ssuda hisob-raqamidan qilingan har bir to‘lovda korxonadagi to‘lov
hujjatlarining ob‘ektning tasdiqlangan smetasiga va foydali ishlatilishiga mosligini
va shartnoma baholarining to‘g‘ri aniqlanganligini nazorat qilish.
2.
Har chorakda statistik tahlil olib borish, moliyalashtirishning real va rejali
jadvalining mosligini va kredit bo‘yicha qarz oluvchining to‘lovlarini tahlil qilish.
3.
Qurilish ob‘ektiga chiqish orqali kreditdan maqsadli foydalanilayotganini
har chorakda tekshirib borish.
4.
Kredit shartnomasi, texnik tartib talablari va loyiha monitoringi rejasining
bajarilishini nazorat qilish.
Qurilish jarayoni va ob‘ektni ishga tushirish monitoringi quyidagi shakl va
yo‘nalishlarda olib boriladi:
1.
Qurilish muddatlarining uskunalarni keltirish va ularning ishlab
chiqarish jadvaliga mos holdagi qurilish-montaj ishlari muddatlarini, ishlarni joriy
etish jarayoni haqidagi hisobot ma‘lumotlarini, tekshirish natijalarini bevosita
255
o‘rganish bilan bog‘liqlikda, shuningdek qurilishni olib borish saviyasining
pasayish sabablarini aniqlash va iqtisodiy choralar qo‘llash bilan hamda yuqori
tashkilotlar va prokuratura organlari, xo‘jalik sudlariga zarur hollarda
ma‘lumotlarini etkazish yo‘li bilan kuzatuvlarni nazorat qilish.
2.
Pudratchi va buyurtmachilar tomonidan uskunalarni etkazib berish,
ob‘ektni ishga tushirish bo‘yicha qurilish-montaj ishlari va boshqa xizmatlar uchun
tuzilgan shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish.
3.
Ob‘ekt bo‘yicha qurilish-montaj ishlari va xizmatlarni o‘rnatilgan tartibda
va sotib olingan uskunani inventarizatsiya qilish bo‘yicha yilida kamida ikki marta
sanoqli, o‘lchovli va hisobli nazorat ishlarini olib borish.
4.
Uskunalarni ishga tushirishga qabul qilishda ishtirok etish va loyiha
ko‘rsatkichlarining loyihani amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan strategiyalariga
mosligini nazorat qilish.
Moliyalashtirish va qurilish jarayonidagi monitoringda quyidagi tadbirlar ham
amalga oshirilishi kerak:
1.
Kredit bo‘yicha ta‘minlanganlik holati va sifatini nazorat qilish.
2.
Bank kreditiga bo‘lgan talabning o‘sishi yoki qisqarishi bilan bog‘liq
risklarni hisobga olgan holda, qarz oluvchining moliyaviy holatining o‘zgarishini
baholash.
3.
Bozordagi iqtisodiy holatini baholash, loyihani amalga oshirishning
tasdiqlangan strategiyasidan chetlanishini va loyihaning pul mablag‘lari oqimi
bashoratini uning real holatiga taqqoslash.
4.
Korxonada
rahbariyat
va
asosiy
xodimlar
tarkibidagi
tashkiliy
o‘zgarishlarni nazorat qilish.
Banklar
xizmat ko‘rsatayotgan mijozning faoliyati to‘g‘risidagi
ma‘lumotga ega bo‘lish, kreditga layoqatliligini tahlil etish, berilgan kreditlardan
samarali foydalanishligini, hisob-kitob va to‘lovlarning barcha turlari bo‘yicha
to‘g‘ri yuritilayotganligi, asosiy qarz va u bo‘yicha foizlarni qaytirish jarayonlari
ustidan tekshiruv va nazorat olib borish tartibini ishlab chiqishi kerak. Shuningdek,
har chorakda bank xodimining (loyiha menejerining) joylarga borib, olib
256
borilayotgan ishlar bilan bevosita ob‘ektiv tanishib, ularni baholab, zarur bo‘lgan
hollarda o‘z takliflarini berib kelishi, korxonaning rahbari bilan yuzma-yuz holda
olib borilayotgan ishlar, ular bo‘yicha kelgusidagi rejalar, natijalar yuzasidan
suhbat qilishi ham talab etiladi. Loyiha bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda ko‘zda
tutilmagan salbiy holatlar paydo bo‘lganda, bank bergan kreditlarni qaytarib olish
uchun zarur choralarni qo‘llashi ham talab etiladi.
Umuman olganda, bu kabi loyihalarni kreditlash va ularning hayotiyligi
yuzasidan banklarda monitoring o‘tkazish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1.
Joriy monitoring.
2.
Muammoli kreditlar monitoringi.
Joriy monitoringning boshlanishi loyiha bo‘yicha xulosani asbob-uskunalarni
olib kelish bitimini, kredit shartnomasini va monitoring rejasini o‘z ichiga oladigan
hujjatlarni qabul qilish bilan boshlanadi. Qarz oluvchi bilan savol-javob o‘tkaziladi
va qarz oluvchi bankka loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashni taqdim etadi.
Monitoring bo‘yicha ishni rejali tashkil etish va loyihalarning amalga
oshirilishini nazorat qilish uchun bank tomonidan barcha loyihalar bo‘yicha
monitoring rejalarini bir xil tizimga keltirish talab etiladi. Shu bilan birga
loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha loyiha monitoringi rejasi ishlab chiqiladi.
Kreditning himoyasi tashkil etilishini ko‘zda to‘tgan holda monitoring rejasi
kreditlash bo‘limidagi mutaxassislar (ekspertlar) bilan monitoring bo‘limi
mutaxassislari o‘rtasida birgalikda kreditning barcha davriga tuziladi. Bunda
monitoring rejasida har chorakda kamida bir marta bank xodimining tekshiruv
uchun joylarga borib kelishi ko‘zda tutiladi.
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar asosida loyiha monitoringi
bo‘yicha mutaxassislar loyiha holatini moliyaviy-iqtisodiy tahlildan o‘tkazadilar:
-
korxonaning har oyda Davlat Statistika qo‘mitasining joylardagi
bo‘limlari va boshqarmalariga ishlab chiqarish faoliyati haqidagi topshiradigan
oylik jadvalli hisobotlari;
257
-
qarz oluvchining choraklik moliyaviy-iqtisodiy holati bo‘yicha hisoboti.
Bunda loyihaning iqtisodiy holatini tahlil qilish bo‘yicha ma‘lumotlar bazasini bir
tizimga keltirish zarur;
-
loyiha monitoringi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan choraklik
moliyaviy-iqtisodiy hisobotlar tahlili asosida kreditlarni anketalash o‘tkaziladi va
kredit reytingi aniqlanadi, loyihalar monitoringi boshqarmasiga risklar darajasini
bir xil tizimga keltirish va zahiralarni shakllantirish uchun erkin axborotlar taqdim
etiladi;
-
kreditlardan maqsadli foydalanishni tekshirish har chorakda ish o‘rnida
tekshirish dalolatnomasini tuzish orqali amalga oshiriladi. Kreditlardan maqsadli
foydalanish bo‘yicha ma‘lumotlar monitoring boshqarmasi tomonidan berib
boriladi;
-
loyihani o‘zlashtirish bo‘yicha kreditlarning jadvalli o‘zlashtirish
muddatlari oylar bo‘yicha taqqoslanadi;
-
kreditning ta‘minlanganligi bo‘yicha nazorat. Ґar bir aniq kredit uchun
alohida garovga qo‘yilgan mulkni tekshirish dalalotnomasi va har chorakda
garovga qo‘yilgan mulkning holati haqidagi dalalotnoma ishlab chiqiladi;
-
hamma manfaatdor sub‘ektlarga loyihalar rivoji, kreditlar va ularning
foizlari qaytarilishi haqida hisobotlar tuzish va ularni taqdim etish;
-
qarz oluvchining so‘mdagi mablag‘larini erkin almashinuvchi valyutaga
konvertatsiya qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish. Ishlab chiqarishni amalga
oshirish uchun xom ashyo va materiallar sotib olish maqsadida mablag‘larni
konvertatsiya qilish, hujjatlarni tayyorlash, miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisob-
kitoblarni tekshirish;
-
xom ashyo sotib olish va tayyor mahsulotlarni sotish maqsadida
marketing
izlanishlarini
(tadqiqotlarini)
doimiy
ravishda
olib
borish.
Mahsulotlarning omborda turib qolishi sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish
chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
258
-
qarz oluvchining aylanma mablag‘lari holatini doimiy ravishda o‘rganish
va uni bir maromda saqlashi uchun chora-tadbirlar ko‘rish va hattoki, kreditlar
berish.
Amaliyotda banklar tomonidan o‘z mijozlarini kreditlash hamisha samarali
natijalar bilan yakunlanavermaydi. Ayrim hollarda korxonalarning o‘z biznes-
rejalarini nomukammal ishlab chiqishlari va faoliyatini maqsadli amalga
oshirmaganliklari, shuningdek boshqa turli sabablar natijasida banklar tomonidan
taqdim etilgan kreditlarning qaytarilish muammosi vujudga keladi.
Albatta, muammoli kreditlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi va ularni vujudga
keltirishing o‘ziga xos omillar mavjud bo‘ladi.
Muammoli kreditlarni keltirib chiqaradigan omillarning belgilari quyidagilar
hisoblanadi:
1.
Kreditning mo‘ljallangan maqsadi bo‘yicha ishlatilmasligi.
2.
Shartnoma, biznes-rejada, texnik-iqtisodiy asoslash va boshqa kredit
hujjatlarida aks ettirilgan jadvallarning amalga oshmasligi: moliyaviy-statistik
hisobotni «uzatish» jadvalining amalga oshmasligi; sifatsiz asbob-uskunalar, xom
ashyo va materiallarni o‘zlashtirish va raqobatbardosh bo‘lmagan mahsulotlarni
ishlab chiqarish.
3.
Qarz
oluvchining
moliyaviy-iqtisodiy
holatining
yomonlashish
tendentsiyasi, shu jumladan: muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining
vujudga kelishi; mahsulot sotilishining sustlashishi; qarz oluvchining faoliyatidagi
rejalarida keskin o‘zgarishlar yuz berishi; qarz oluvchi holatining tarmoqlarda yoki
sotish bozorida yomonlashishi.
4. Qarz oluvchining bank oldidagi majburiyatini bajara olmasligiga olib
keluvchi ―fors-major‖ holatlarining vujudga kelishi, jumladan: qarz oluvchining
ishlab chiqargan mahsuloti narxining pasayishiga sabab bo‘luvchi omillarning
kelib chiqishi; rahbariyat va mulkdorlar tarkibidagi radikal o‘zgarishlar oqibatida
menejmentning yomonlashuvi; mol etkazib beruvchilarning xom ashyo va
materiallarni o‘z vaqtida etkazib bera olmasligi; qarzdorning biznes-hamkorlari
ishonchsizligini ko‘rsatuvchi dalillarning vujudga kelishi.
259
Kreditlar muammoli bo‘lib qolgan paytlarda to‘rt bosqich asosida tashkiliy
tadbirlar o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |