236
11.3. Investitsiya loyihasini moliyalashtirishga qabul qilish mexanizmi
Ekspertiza loyihaning barcha tomonlarini va oqibatlarni aniq ko‘rsatib beradi.
Bu bosqichda loyihaning joriy qismi asoslari yaratiladi. Ekspertiza bosqichida
qabul qilingan loyiha rejasi uni samaradorligini baholashda hisoblanadi.
Loyihaning ekspertiza bosqichi vazifasi bu loyiha qiymatini ijobiy va salbiy
tomonlarining oqibatlarining diqqat e‘tiborga olib aniqlashdan iborat bo‘ladi.
Ekspertiza loyihadagi daromad va xarajatlarini aniq ko‘rsatib chiqishdan iboratdir,
uni texnik rejasi va nihoyaga etganlik darajasi, atrof-muhitga ta‘sirini, tijorat
bo‘yicha kelajagini, bozor talabi bilan birga va loyiha maqsulotiga bo‘lgan talabni;
loyihaning umumiy oqibatlarini milliy taraqqiyot va iqtisodiy taxmini; loyihani
amalga oshiruvchi korxona moliyaviy ahvolicha loyihaning ta‘sirini moliyaviy
tahlili; loyiha mahalliy sharoitlarga qanday darajada ijtimoiy ta‘sir ko‘rsatishini,
loyihadan keladigan foydaning taqsimlanishini uning madaniyati va oddiyligi;
ma‘muriy tashkiliy tahlil, loyihaga rahbarlik qilish, ishga tushirish, o‘qitish va
texnik yordam ko‘rsatish imkoniyatlari bilan birgalikda amalga oshariladi.
Loyiha rejasi muvozanatlashgan muhandislik va texnik qoidalarga asoslangan
bo‘lishi, ular esa ushbu loyihani kasb andozalariga, uni bajarilishi uchun javobgar
tashkilotga va loyihaga mo‘ljal qilgan davrga to‘g‘ri kelishi kerak. Texnologiya
boshqa vaziyatlarda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan yondashuvni aks
ettirishi, yoki bo‘lmasa innovatsion bo‘lishi mumkin, agar yangi yondashuvni
potentsial ustuvorligi riski yuqori bo‘lsa.
Ekspertiza bosqichi davrida quyidagi texnik omillar tahlil qilinadi:
-
loyihaning tashkiliy bo‘laklarini o‘lchamlari va ularning o‘zaro
munosabatlari;
-
loyiha uchun ajratilgan jarayonlar, dastgohlari va texnik tizmlari
ishonchliligi;
-
loyiha uchun zarur bo‘lgan resurslarga erishish imkoni va sifati, ishchi
kuchi va rahbar hodimlarining malakasi;
237
-
servis saviyasi va amaldagi loyihani ish holati ishlatadigan mikrotarkibni
ishonchliligi;
-
loyihani amalga oshirish va ishlatilishida taklif etilgan usullar;
-
bitimlar tizimi protsedurasi, materiallarni sotib olish, ishlab chiqarish
quvvati va xizmatlar mexanizmi;
-
loyiha natijalari olishishi bosqichlari, ularni amalgi oshirish jadvalini
bajara olishi, ularni muddati va manfaatdor shaxslarni loyiha ustidagi ishlarni
ishtirok etishdagi xohishi.
Kreditni rasmiylashtirish jarayoni o‘z ichiga: kredit olishga oid
buyurtmanomaning ko‘rib chiqilishi va bo‘lg‘usi qarz oluvchining huquqiy
maqomini aniqlash maqsadida uning o‘rganilishini; qarz oluvchining moliyaviy
holati tahlilini va kreditga qobilligini baholashni; kreditlanayotgan loyihaning
ekspertizasining o‘tkazilishini hamda kredit shartnomasini rasmiylashtirish va
tuzishni oladi.
Kreditni rasmiylashtirish tartibi kredit olishga oid buyurtmanomani ko‘rib
chiqishdan boshlanadi. Kredit buyurtmanomasida quyidagilar ko‘rsatiladi: qarz
oluvchi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar; so‘ralayotgan summaning belgilanishi va
loyihaning maqsadi; kredit berish muddati; kreditlash ob‘ektining qoplash
muddati; kredit va unga oid foizlarni berish va so‘ndirish muddatlari; agar kredit
qiymatliklar garovi ostida berilayotgan bo‘lsa, kreditni ta‘minlash sifatida garovga
qo‘yilayotgan qiymatliklar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar; boshqa banklarda ochilgan
bank hisobraqamlari haqidagi ma‘lumotlar; boshqa korxonalarning kapitalida
qatnashish haqida ma‘lumotlar.
Kredit ishlab chiqaruvchi kuchlarni rag‘batlantiradi, ilmiy texnika yutuqlari
asosidagi qayta ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kapital mablag‘larning
shakllanishini tezlashtiradi.
Investitsiya loyihalarini kreditlash keng shakllarda tasavvur etiladi. Ularni
kreditlashda kredit munosabatlarining sub‘ektlari va ob‘ektlariga, foiz stavkasiga
va kreditning harakat doirasiga qarab kreditning quyidagi shakllari qo‘llaniladi.
Bular davlat krediti, bank krediti, iste‘mol krediti, tijorat krediti, xalqaro kredit.
238
Davlat krediti kredit munosabatlarida bevosita davlatning ishtiroki bilan
xususiyatlanadi. Kichik biznes taraqqiyoti uchun davlat krediti davlat byudjetidan
ustuvor investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan dasturlar
asosida beriladi. Bank krediti - iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit
munosabatlarining shakllaridan biridir. Uning ob‘ekti pul mablag‘larini bevosita
ssudaga berish jarayoni hisoblanadi. Ular muddatiga ko‘ra qisqa, o‘rta va uzoq
muddatli kreditlarga bo‘linadi. Hozirda kichik biznes investitsiya loyihalarini
kreditlashda bank kreditlarining hissasi ortib bormoqda. Iste‘mol krediti -
kreditning maqsadi bilan boshqa kredit shakllaridan farq qiladi. U aholining
iste‘mol ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallanadi. Bunda kredit tovar yoki pul
shaklida berilishi mumkin. Tijorat krediti - kredit munosabatlari vujudga
kelishining birinchi shakllaridan bo‘lib, veksel muomalasini vujudga keltirgan va
naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishiga yordam bergan. Tijorat krediti
faqatgina tovar shaklida beriladi. Tovarni kreditga sotish ishlab chiqarish
jarayonining uzluksizligiga yordamlashadi va foyda ko‘payishini ta‘minlaydi.
Xalqaro kredit - davlat, shu davlatning banki, huquqiy shaxsi tomonidan, boshqa
davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va to‘lovlilik
asosida berilgan kredit hisoblanadi. Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar
ishtirok etgan munosabatlarda pul shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar
shaklida bo‘lishi mumkin.
Kreditlash jarayonining uchinchi bosqichida kredit shartnomasi, garov,
kafolat shartnomalari, kreditni sug‘urtalash ishlari olib boriladi. Kredit olish uchun
qarz oluvchilar bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: kreditga ariza; qarz
oluvchining bank hisob varag‘iga pul tushumlari (pul oqimlari) prognozi albatta
ko‘rsatilgan biznes-reja; davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi
tasdiqlagan, oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi; debitorlik va
kreditorlik qarzi to‘g‘risida ma‘lumotnoma, shuningdek 90 kundan oshgan qarz
uchun solishtirish dalolatnomasi; moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot, bundan
dehqon xo‘jaliklari mustasno; kredit qaytarilishini ta‘minlash shakllaridan biri.
239
Kredit shartnomasi qarz munosabatlarining o‘ziga xos, mustaqil turidir va
uning o‘ziga xos asosiy talablari mavjud. Bular: kredit maqsadli bo‘lishi shart;
kreditning yig‘indisi aniq belgilangan bo‘lishi kerak; kreditning qoplash tartibi
aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim; kreditning muddati ko‘rsatilishi shart; kredit
berganligi uchun bank oladigan haq ko‘rsatilish shart.
Kredit shartnomasida ikki tomonning (bank va qarz oluvchi) huquq va
majburiyatlari ko‘rsatiladi. ―Kredit shartnomasining shartlari tarkibiga ko‘chmas
mulk garov sifatida kiritilgan bo‘lsa, u holda bunday shartnoma notarial
tasdiqlangan va tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak‖
1
.
Qarzni qaytarmaslikning oldini olish maqsadida qarz oluvchi bankka quyidagi
ta‘minot turlarini taqdim etadi: mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi; bank yoki
sug‘urta tashkilotining kafolati; uchinchi shaxsning kafilligi; sug‘urta
kompaniyasining qarz oluvchi tomonidan kredit to‘lanmasligi xatarini sug‘urta
qilish to‘g‘risidagi sug‘urta varaqasi; mahalla, qishloq yoki ovul fuqarolari
yig‘inining kafolati.
Xullas, kredit shartnomasi bank uchun ham, qarz oluvchi uchun ham juda
muhim va mas‘uliyatli hujjatdir. Shu sababli u belgilangan qoidalarning
hammasiga amal qilgan holda tuzilishi kerak.
Kreditlash jarayoning to‘rtinchi bosqichida bankda qarz oluvchi uchun
maxsus schet ochiladi va kredit mazkur schetga o‘tkaziladi.
Va, nihoyat, kreditlash jarayonining beshinchi bosqichida berilgan kreditning
ishlatilishi ustidan monitoring ishlari olib boriladi. Kredit berilgan paytdan
boshlab, qarz oluvchining kreditga layoqatliligini tahlil etishdan kam ahamiyatga
ega bo‘lmagan kredit monitoringi jarayoni boshlanadi. Afsuski, kreditorlar orasida
kredit shartnomasi imzolangan, ssuda hisob-raqami ochilgan, pullar tegishli joyga
o‘tkazilgan, endi engil nafas olib, ssudani qoplash muddati etib kelguncha kredit
jildini uzoqroqqa olib qo‘yish mumkin, deguvchilar ham yo‘q emas.
Kredit olgan bank mijozlari o‘z qonun va qoidalariga ega bo‘lgan bozor
muhitida, eng kuchli, aqlli va faol xo‘jalik sub‘ektlari yutib chiqadigan
1
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. 270-271-moddalar.
240
raqobatchilik sharoitida faoliyat yuritadilar. To‘g‘ri rivojlanish strategiyasini tanlab
olmagan, bozor sharoitlariga moslashmagan korxonalar o‘z pozitsiyalarini boy
beradilar. Kredit berilgan paytda rivojlanish istiqboliga ega bo‘lgan ssuda oluvchi
bir necha oydan so‘ng ob‘ektiv va sub‘ektiv omillar ta‘sirida qiyin moliyaviy
ahvolga tushib qolishi mumkin. Natijada bank kreditining qaytarilmasligi xavfi
yuzaga kelishi mumkin. Tijorat banklarining ssuda operatsiyalari muqarrar
ravishda kredit foizlari va boshqa turdagi tavakkalchiliklar bilan bog‘liq. Bunday
paytda, kredit inspektorining ssuda holatini, uning butun muddati davomida
doimiy ravishda nazorat qilib borishi, o‘z vaqtida yuzaga kelayotgan
muammolardan darak beruvchi «signal»larni aniqlashi juda muhim ahamiyatga
ega. Muammoli ssuda birdaniga yuzaga kelmaydi. Tajribali moliyachi tashvishli
«signal»larni mijozning ssudani qaytara olmasligi yaqqol namoyon bo‘lishidan
ancha oldin ilg‘ab olishi mumkin. Bundan tashqari, mijozning moliyaviy
simptomlarini ular og‘ir, surunkali kasallikka aylanmasdan ilgari, ya‘ni
boshlang‘ich davrida bartaraf etish mumkin.
Kredit monitoringi ssuda ahvolini nazorat qilishi, uning maqomidagi
o‘zgarishlarni va tegishli choralarni ko‘rish tizimini ko‘zda tutadi. Uning maqsadi
asosiy qarz va u bo‘yicha hisoblangan foizlarning o‘z muddatida qoplanishini
ta‘minlashdan iborat. Shuningdek, mazkur monitoringning yana bir muhim tomoni
kreditni qoplashning ikkilamchi manbai - uning qaytarilishi ta‘minotini tekshirish
hisoblanadi. Agar ta‘minot mulk garovidan iborat bo‘lsa, bank xodimlari bunday
mulkning mavjudligi, maqbulligi, etarliligi, sifati, saqlash sharoitlarini (iloji
boricha har oyda) muntazam ravishda tekshirib borishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: |