O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

Riskdan qochish
– risk bilan bog‘liq tadbirlardan voz kechishni (demak, bunda 
foydadan ham voz kechishni) bildiradi. 
Riskni pasaytirish
– ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira 
mablag‘larini tashkil etish yo‘li bilan yo‘qotishlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Bunda 
asosiy muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. Loyiha qiymatining 
boshlang‘ich bahosini hisobga olgan holda zahira summasi aniqlanadi.
Riskni ushlab qolish
– investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor o‘z 
kapitalini riskli tadbirlarga yo‘naltirayotganda, risklardan ko‘riladigan zararlarni qoplash 
uchun mablagi bo‘lishi kerak.
Riskni uzatish (sug’urtalash) 
– investor risk havfini kimningdir zimmasiga 
yuklaydi. Riskni sug‘urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug‘urta 
kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish 
maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda 
investorning risk darajasini ―nol‖ ga tushirish uchun to‘lovni amalga oshirishga tayyor 
ekanligini tushunish mumkin. Ko‘p hollarda, sug‘urta kompaniyalari moliyaviy risklarni 
sug‘urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to‘liq erishishiga xizmat qiladilar. 
Sarmoyador
- qimmatli 
qog‘ozlarni sotib oluvchi, ushbu qog‘ozlarning u 
yoki bu turini tanlashda avvalo tavakkalchilikni kamaytirish haqida o‘ylaydigan shaxs. 
Selektiv risklar
– kapital qo‘yilmasi, qimmatli qog‘ozlar va shu kabilar turini 
to‘g‘ri tanlamaganligi bilan bog‘liq risklar.
Sinditsiyalashtirilgan kredit
- bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya 
loyihalarini birgalikda kreditlash.
Sof risklar
– salbiy natijani olish imkonini anglatadi va ular ta‘sirida nolga teng 
bo‘lgan zarar(foyda) ko‘rish mumkin. Unga ekologik, siyosiy, tabiiy, transport va tijorat 
risklari (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo risklari) tegishlidir.


277 
Soliq imtiyozi
– soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda soliq to‘lashdan to‘liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin