Loyiha ishtirokchilari riski - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o‘z
majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski.
Loyiha menejeri - loyiha boshqaruvchisi, ya‘ni loyiha ishtirokchilarining
faoliyatini bevosita boshqaruvchisi, ular tuzilgan shartnoma bo‘yicha loyihaning
bajarilishi va ishga tushirilishi bo‘yicha nazorat olib boradilar.
Loyiha oldi hujjatlari - qabul qilingan parametrlarga ko‘ra loyihani amalga
oshirishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini, shuningdek uning hayotiyligini
asoslab beruvchi hujjatlar yig‘indisi. Loyihaoldi hujjatlariga loyihaning texnik-iqtisodiy
asoslashi (texnik-iqtisodiy hisoblashi), materiallar va asbob-uskunalar etkazib berish,
qurilish-montaj ishlarini va ishlarning boshqa turlarini bajarish yuzasidan tender o‘tkazish
uchun tanlov hujjatlari; loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslashi yoki texnik-
iqtisodiy hisoblashi, shuningdek moliyaviy takliflar va/yoki kredit va investitsiya
shartnomalari (pul mablag‘lari jalb etilgan taqdirda) kiradi;
Loyiha riski - bu investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki
loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig‘indisidir.
Loyiha risklari – loyihani amalga oshirish natijasida ko‘zlangan daromadlarning
pasayishiga sabab bo‘ladigan vaziyatlar majmuasidir, shu bilan birga loyiha riski
investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini
pasaytiradigan risklarning yig‘indisini ham anglatadi.
Loyiha sezgirligini tahlili – investitsiya loyihasi parametrlaridan biri o‘zgarganda
loyiha samaradorligining qanchalik o‘zgarishiga miqdoriy baho berishda qo‘llaniladi. Bu
bog‘liqlik qanchalik yuqori bo‘lsa, loyiha riski shunchalik katta bo‘ladi.
Loyixa smeta qiymatining oshish riski – loyihalash jarayonidagi xatolar,
pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta‘minlay olmasligi, loyihani
amalga oshirish shartlarini o‘zgarishi va boshqalar sababli kelib chiqadigan risklar.