O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

Loyiha ishtirokchilari riski
- bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o‘z 
majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. 
Loyiha menejeri
- loyiha boshqaruvchisi, ya‘ni loyiha ishtirokchilarining 
faoliyatini bevosita boshqaruvchisi, ular tuzilgan shartnoma bo‘yicha loyihaning 
bajarilishi va ishga tushirilishi bo‘yicha nazorat olib boradilar. 
Loyiha oldi hujjatlari
- qabul qilingan parametrlarga ko‘ra loyihani amalga 
oshirishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini, shuningdek uning hayotiyligini 
asoslab beruvchi hujjatlar yig‘indisi. Loyihaoldi hujjatlariga loyihaning texnik-iqtisodiy 
asoslashi (texnik-iqtisodiy hisoblashi), materiallar va asbob-uskunalar etkazib berish, 
qurilish-montaj ishlarini va ishlarning boshqa turlarini bajarish yuzasidan tender o‘tkazish 
uchun tanlov hujjatlari; loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslashi yoki texnik-
iqtisodiy hisoblashi, shuningdek moliyaviy takliflar va/yoki kredit va investitsiya 
shartnomalari (pul mablag‘lari jalb etilgan taqdirda) kiradi;
Loyiha riski
- bu investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki 
loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig‘indisidir. 
Loyiha risklari
– loyihani amalga oshirish natijasida ko‘zlangan daromadlarning 
pasayishiga sabab bo‘ladigan vaziyatlar majmuasidir, shu bilan birga loyiha riski 
investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini 
pasaytiradigan risklarning yig‘indisini ham anglatadi. 
Loyiha sezgirligini tahlili
– investitsiya loyihasi parametrlaridan biri o‘zgarganda 
loyiha samaradorligining qanchalik o‘zgarishiga miqdoriy baho berishda qo‘llaniladi. Bu 
bog‘liqlik qanchalik yuqori bo‘lsa, loyiha riski shunchalik katta bo‘ladi. 
Loyixa smeta qiymatining oshish riski
– loyihalash jarayonidagi xatolar, 
pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta‘minlay olmasligi, loyihani 
amalga oshirish shartlarini o‘zgarishi va boshqalar sababli kelib chiqadigan risklar. 


274 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin