275
o‘rniga pul summasi yoki mol-mulkni olish huquqini beradi, bu ustavda oldindan ko‘zda
tutilishi lozim.
Preferentsiya
– iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda
ayrim
soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi
imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.
Protektsionizm
– davlatning xorij raqobatidan ichki bozorni himoya qilish siyosati,
mamalakatga olib kelinayotgan tovarlarga yuqori bojlar belgilaydi, ayrim tovarlarni olib
kelish cheklanadi yoki umuman ta‘qiqlanadi.
Pul
– hamma tovar
va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida
foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar.
Pul - kredit siyosati
– bu davlat tomonidan iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash maqsadida
pul muomalasini tashkil etish va barqarorligini ta‘minlash
uchun amalga oshiriladigan
barcha chora-tadbirlar majmui.
Qo’shimcha qiymat solig’i
– qo‘shilgan qiymatdan olinadigan soliqlarning bir turi
hisoblanadi. Tovarlarning realizatsiyasi, xizmat ko‘rsatish va boshqa ishlarni bajarishdan
olinadi. Sotish oborotiga nisbatan mahsulotlarning turlariga ko‘ra foizlarda belgilanadi.
Reinvestitsiyalar
- investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan foydani
ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu korxonaga qayta kiritishdir.
Rekonstruktsiya (qayta tiklash)
faoliyat yuritayotgan korxonani ma‘naviy va
jismoniy
eskirgan
qurilma
va
asbob-uskunalarni
ishlab
chiqarishni
mexanizatsiyalashtirish
va avtomatlashtirish, texnologik bo‘g‘inlar va yordamchi
xizmatdagi nomutanosibliklarni yo‘qotish yo‘li bilan almashtirish yordamida to‘liq yoki
qisman o‘zgartirish. Qayta tiklashda eski tsexlar o‘rniga yangi tsexlarni qurishga ruxsat
beriladi.
Rentabellik
– korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning uch xil ko‘rsatkichi
mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot
rentabelligi. Bu ko‘rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda ko‘rsatkichini
korxona
aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan aktsiyalar miqdori, xususiy
kapital miqdori va sotilgan mahsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi.
276
Risk
– bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan
ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo‘lib qolish
ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bulgan xatar bo‘lib, investitsiyadan mo‘ljallangan
foydani olish jarayoniga xos bo‘lgan umidsizlikdir.
Dostları ilə paylaş: