278
qimmatli qog‘ozlar egalari zarar ko‘rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi:
foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar
– hatarga ba‘zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularning majmuasi
uchraydi, ya‘ni ma‘lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki tarmoqning qimmatli
qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy
risklar; nolikvidlilik riski.
To’g’ridan - to’g’ri investitsiyalar
– bevosita mahsulot ishlab chiqarish yoki
xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada kengaytirish maqsadida xorijiy
sheriklar tomonidan uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar kiritish. To‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalar investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish
imkonini beradi.
Valyuta riski
- bir valyutaning boshqasiga nisbati bo‘yicha kursning o‘zgarishi
bilan bog‘liq valyuta yo‘qotilishi xavfi sifatida namoyon bo‘ladi.
Variatsiya koeffitsienti
– riskning nisbiy ko‘rsatkichi bo‘lib, kutilgan qiymatga
nisbatan risk darajasini ifodalaydi.
Yagona soliq to’lovi
– kichik biznes sub‘ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
turli solik va yig‘imlar o‘rniga soddalashtirilgan tartibda to‘lanuvchi soliq turi.
Yalpi ichki mahsulot
– mamlakatda bir yil davomida ishlab chiqarilgan jami
pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati.
Yirik investitsiya loyihasi
- umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali
kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir.
Dostları ilə paylaş: