O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

Likvidli mablag’lar
- firmalarning tezda sotish mumkin bo‘lgan aktivlari: pul 
vositalari, bank depozitlari, qimmatli qog‘ozlar, shuningdek ushbu bozor 
kon‘yunkturasida oson sotish mumkin bo‘lgan moddiy aylanma mablag‘lar. 
Likvidlik
- aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish yoki ularni to‘lov 
vositasiga aylantirish imkoniyati. 
Likvidlilik riski
– qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa tovarlar sifatini va iste‘mol 
qiymatini baholashning o‘zgarishi oqibatida ularni sotishda mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar 
bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Listing
- qimmatli qog‘ozlarning sifatini baholovchi bir qator kriteriyalar asosida 
birja ro‘yxatiga kiritish. 
Litsenzialar
- loyiha ishlatilayotgan nou-xauga yoki texnika yutuqlariga egalik 
qiluvchi litsenziyaga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Tijorat shartlari bo‘yicha 
shartnoma tuzilgan ilmiy yutuqlarni qo‘llash huquqiga ega, litsenziar ham loyihaning 
muhim ishtirokchilaridan bo‘lib hisoblanadi.
Loyiha administratori
- bu shaxs menejerning administratorlik vazifasini o‘zi 
bajarib, menejerning 50 foizgacha ish vaqtini tejaydi. 
Loyiha hujjatlari
- ishchi hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan arxitektura-
shaharsozlik echimlari va texnik echimlarni, qurilishning smeta qiymatini o‘z ichiga 
oluvchi hujjatlar. Loyiha hujjatlari tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash asosida ishlab 
chiqiladi; 


273 
Loyiha injeneri
- injiniring faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma olgan 
va loyihaning bajarilishi, ishga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmatlarni amalga 
oshiruvchi shaxs hisoblanadi. 
Loyiha ishtirokchilari riski
– bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o‘z 
majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin