O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

Investitsiya fondi
- investitsion kompaniya funktsiyasini bajaradi va individual 
investor bilan ish yuritadi, shuningdek ochiq va yopiq investitsiya fondlariga bo‘linadi. 
Investitsiya instituti
- faqatgina qimmatli qog‘ozlar bilan shug‘ullanuvchi yuridik 
shaxs. 
Investitsiya kompaniyasi
- qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan shaxsiy 
qog‘ozlarni bosib chiqishni tashkil etuvchi, ularni joylashtirish, oldi-sotdisini o‘z 
nomidan va hisobiga amalga oshiruvchi yuridik shaxs. 
Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash usullari
– bu 
uzoq muddatli kapital qo‘yilmalarni kelajakda qoplanishini va foydaliligini baholash 
maqsadida turli ob‘ektlarga ularni kiritishning maqsadga muvofiqligini aniqlash 
yo‘llaridir. 
Investitsiya loyihasi (loyiha)
- iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko‘rish 
maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga 
oshiriladigan o‘zaro bog‘liq tadbirlar va ishlar i;
Investitsiya muhiti
– investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini 
belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui. 
Investitsiya vositachisi
- bu qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik va dilerlik 
faoliyatini amalga oshiruvchi investitsiya muassasasidir. Investitsiya vositachilari istalgan 
tashkiiy-huquqiy shaklda barpo etilishi qamda o‘z faoliyatini qimmatli qog‘ozlarning 
birja va birjadan tashqari bozorlarida amalga oshirishi mumkin. 


269 
Investitsiya xavfi
- moliyaviy qo‘yilmalardan kutilgan daromadni to‘liq ololmaslik 
yoki zarar ko‘rish ehtimoli. 
Investitsiyalash koeffitsienti
- shaxsiy mablag‘larni emitent moliyaviy 
barqarorligini xarakterlaydigan asosiy vositalar va aylanmadan tashqaridagi aktivlar 
summasiga nisbati. 
Investor
- loyihani moliyalashtiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Buyurtmachi va 
investor bir shaxs bo‘lishi ham mumkin, lekin ba‘zi hollarda har xil shaxslar bo‘ladi. 
Agar har xil shaxslar bo‘lsa ular o‘rtasida shartnoma tuziladi. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin