266
Fond bozori
– qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi
jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.
Fors-major riski
– loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri
bo‘lib, unga er silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy hodisalar
kiradi. Fors-majorga ayrim ijtimoiy va siyosiy tabiiy hodisalar ham kiradi: ish tashlashlar,
inqiloblar, qo‘zg‘olonlar va boshqalar.
Foydaning boy berilishi riski
- bu risk amalga oshirilmagan tadbirlar natijasida
kelib chiqadigan qo‘shimcha (bilvosita) zararlar hisoblanib, bu risk tarkibiga quyidagilar
kiradi: birjaviy risklar; selektiv risklar; bankrotlik risklari.
Garov ta’minoti
- kredit summasining 120 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda,
hukumat va uchinchi shaxslar kafolatlari, sug‘urta polislari, asosiy vositalar, bino va
inshootlar (baholangan qiymatining 70 foizigacha miqdorida), asbob-uskunalar
(baholangan qiymatining 60-70 foizi miqdorida) bo‘lishi lozim.
Hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda ko‘proq investitsiyalar degan sinonim termin
qo‘llaniladi, to‘g‘ridan - to‘g‘ri investitsiyalar, real investitsiyalar va asosiy kapital kabi
sinonim terminlar ham qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: