O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

Investitsion soliq krediti
– investorga soliq majburiyati bo‘yicha soliq 
qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniyati. 
Investitsiya 
- bu foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, 
davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan 
imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni kondirish uchun 
ihtisodiyotning turli soxalariga ma‘lum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklar.
Investitsiya
– bu foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida 
davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan iqtisodiyotning turli soha va 
tarmoqlariga sarflanadigan barcha turdagi boyliklardir. 
Investitsiya banki
- asosiy faoliyati qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bilan band 
bo‘lgan muassasa (korxona). 
Investitsiya dasturi
– ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida mamlakat yoki 
chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq muddatli kapital kiritish uchun ishlab 
chiqilgan dastur. Respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, 
tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona 
foydalanish yo‘li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy 
o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga 
yo‘naltirilgan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar i. 


268 
Investitsiya faoliyati
- bu iqtisodiy va boshqa faoliyat ob‘ektlariga resurslarning 
kapitallashuvini ta‘minlash va foyda (daromad) olish maqsadida investorlarning 
resurslarni jamg‘arish va ularni turli shakllarda qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha 
amaliy harakatlari yig‘indisidir.
Investitsiya faoliyati ishtirokchilari
- buyurtmachilar, pudratchilar, etkazib 
beruvchilar, banklar, sug‘urta kompaniyalari, loyihalovchilar, vositachilar, ilmiy-
maslahat firmalari, o‘z mamlakatidagi qonunchilikka ko‘ra investitsiyaviy mulk egalari 
(tasarrufchilari) yoki buyurtmalardan foydalanuvchi sifatida qatnasha oluvchi xorijiy 
tashkilotlarni kiritish mumkin. 

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin