O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti zoyirov Laziz Subxonovich Raimjanova Madina Asrarovna Saidov Rasulbek Boltabayevich Shoislomova Nargiza Qobilovna investitsiya loyihalari ekspertiza



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/100
tarix20.11.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#166138
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100
Инвестиция лойиҳалари экспертизаси DARSLIK

Ishlab chiqarish riski
– bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga 
kelish riski. Bu risk ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, ob‘ektning loyihaviy 
quvvatga erishmasligida, qo‘shimcha ishlab chiqarish harajatlarida namoyon bo‘ladi. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
– ishlab chiqarishni zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma‘naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik 
va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab 
chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni 
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab 
chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; 
sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza 
texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. 
Jahon banki
– 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan bir vaqtda tuzilgan 
birinchi davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o‘zining faoliyatini 1946 yil 25 
iyundan boshlagan.
Jahon bozori kon’yunkturasi
– jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu 
bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o‘zgarish tendentsiyalari. 
Kafolat ta’minoti
- kredit summasining 120 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda 
(hukumat va uchinchi shaxslar kafolatlari, sug‘urta polislari, asosiy vositalar, binolar, 
inshootlar (baholangan qiymatining 70 foizigacha miqdorida), asbob-uskunalar 
(baholangan qiymatining 60-70 foizi miqdorida). 
Kapital qo’yilmalar
– quvvatlarni takror ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish ob‘ektlarini qurishga qaratilgan resurslar va jami ijtimoiy mehnatning 
qiymatini aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya. Davlat tomonidan (davlat buyurtmasi), turli 
mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar, banklar hamda xususiy shaxslar 
tomonidan ajratiladigan pul mablag‘lari kapital qo‘yilmalarning manbalari bo‘lishi 


271 
mumkin. Kapital qo‘yilmalar yangi korxonalar qurishga yoki amaldagi korxonalarni 
qayta ta‘mirlashga yo‘naltirilishi mumkin.

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin