272
Kredit
– jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larlarini bir
joyga jamlab, ularni ma‘lum bir tamoyillar asosida berish jarayonida vujudga kelgan
iqtisodiy munosabatlar majmui.
Kredit riski
– bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit
shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay olmaslik riski.
Bu risk asosan loyihani moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning riskidir.
Libor
- foiz o‘rtacha stavkasi; libor bo‘yicha London banklari o‘z depozitlarini
boshqa birinchi darajali banklarga joylashtiradilar, har kuni soat 11 da bu jarayon qayd
etiladi va boshqa banklar uchun, ayniqsa xalqaro bitimlar tuzishda kreditlar bo‘yicha
foizlar belgilashda mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: