Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Agar yillik foiz stavkalari (APR) nisbatini uzluksiz foizlarni hisoblash bilan birga qo‘llasak, (6.2.7) ifoda quyidagi shaklni oladi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə101/151
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#169457
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   151
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

Agar yillik foiz stavkalari (APR) nisbatini uzluksiz foizlarni hisoblash bilan birga qo‘llasak, (6.2.7) ifoda quyidagi shaklni oladi:


= −


(6.2.8)


125




Shunday qilib, agar nominal APR yiliga 8% va inflatsiya darajasi 6% bo‘lsa (uzluksiz hisoblashni hisobga olsak), haqiqiy foiz stavkasi uzluksiz hisoblanuvchi yillik ir = 8 - 6 = 2% ga teng bo‘ladi.


Qat’iy belgilangan daromadli vosita nominal ifodada ishonchli, real ifodada esa ma’lum darajada riskka ega. Misol uchun, tasavvur qilaylik, bank sarmoyadorlarga 8 foizli risksiz yillik foiz stavkasini taklif qiladi. Kelajakda inflatsiya darajasi noma’lum ekanligi sababli, real qiymatda ushbu bank hisobvarag‘iga pul qo‘yish riskli bo‘ladi.
Bunday holda kutilgan real daromad stavkasi quyidagicha bo‘ladi:


=


0,08 − 0,06


= 0,0189




1 + 0,06




yoki yiliga 1,89%ni tashkil qiladi. Agar inflatsiya darajasi 6% dan yuqori bo‘lsa, real stavka 1,89% dan kam bo‘ladi.


Shunday qilib, inflatsiya riski deb yuqori inflatsiya natijasida olingan daromad o‘sib borishiga qaraganda tezroq (xarid qilish qobiliyati nuqtayi nazaridan) qadrsizlanish riskiga aytiladi. Inflatsiya riskini minimallashtirish usullaridan biri, moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha keladigan nominal daromadga inflatsiya mukofoti hajmining kiritilishi hisoblanadi. Inflatsiya sur’atlarining istiqbolini belgilash qiyin bo‘lsa, moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha olinadigan real daromad hajmini ushbu moliyaviy operatsiyalar vaqtida amal qilgan valuta kursi bo‘yicha milliy valutaga qayta hisoblash orqali biron bir barqaror valutada hisob-kitob qilinishi mumkin.


Zamonaviy sharoitda har bir sohada bir nechta yirik kompa-niyalar hukmronlik qilmoqda, ular o‘zaro faoliyatlarini kelishgan holda bozor sharoitlarini belgilab berishadi. Bu ayniqsa, preyskurant narxlar tizimini o‘rnatish orqali narxlarni shakllantirishda o‘z aksini topgan. Har qanday sanoatning barcha yirik korxonalari yanada yirik kompaniyalar tomonidan belgilangan narxlarga moslanib oladilar.


Kompaniyalar o‘rtasida narx darajasini belgilash va ularni yirik kompaniyalar tomonidan foyda olish istagi asosida shakllantirish narxlari darajasining doimiy ravishda oshishiga olib keladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olgan holda, foydasiga shunday ustama qo‘yiladiki, bu ko‘zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati, ishlab
126

chiqarish hajmi va mahsulot sotilishining maqsadli daromadini ta’minlashga imkon beradi. Monopoliyaning xarajatlari, shuningdek, to‘lanadigan soliqlarni ham o‘z ichiga oladi, bu esa narxlarning ko‘tarilishiga olib keladi.


Inflatsiya mukofoti. Aytaylik, boshlang‘ich R summa muayyan muddat ichida belgilangan foiz stavkasida Rt summaga aylanadi, inflatsiya sharoitida esa u boshqa foiz stavkasini talab qilgan holda Rα summaga aylansin.




  • Yüklə 0,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   151




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin