Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə126/151
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#169457
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   151
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

Iqtisodiyot


B aksiyalari


A aksiyalari






daromadlilik


daromadlilik


Ehtimollik




holati




stavkasi


stavkasi












O‘sish


50%


30%


0,20




Normal


10%


10%


0,60




Pasayish

30%


10%




0,20








164






8.4.2-rasm. A va B aksiyalarining daromadlilik ehtimollari taqsimoti

Bunda ikkala aksiyalar uchun ehtimollik ko‘rsatkichlari bir xilligi, lekin B da daromadlilik tebranishlarining diapazoni kengligiga e’tibor qaratish lozim. Agar iqtisodiyotda o‘sish sur’ati qayd etilsa, B aksiyalari o‘z aksiyadorlariga 50% daromadlilik, A aksiyalari esa faqat 30% daromadlilik keltiradi. Lekin agar iqtisodiy ahvol yomonlashsa, B aksiyalari daromadliligi – 30% gacha, A aksiyalari esa – faqat – 10% gacha tushib ketadi. Boshqacha ayt-ganda, B aksiyalariga investitsiyalarning daromadlilik ko‘rsatkichlari kuchliroq o‘zgaradi, o‘z navbatida esa, ular riskliroq hisoblanadi.


Avval qayd qilinganidek, aksiyalarning daromadlilik ko‘rsatkichlari o‘zgaruvchanligi ularning ehtimoliy diapazoni va favqulodda qiymatlar paydo bo‘lish ehtimoliga bog‘liq. Daromadlilikning ehtimoliy ko‘rsatkichlarini olish ehtimolliklari taqsimotida o‘zgaruvchanlikni hisoblash va o‘lchash uchun moliyada o‘rtacha kvadratik og‘ish σ (standart og‘ish) juda keng qo‘llanilib, bizning misolimizda uni quyidagicha aniqlash mumkin:




=∑ (

( ))




(8.4.2)


Bu yerda matematik kutish (o‘rtacha qiymat) quyidagiga teng:


( )=∑




(8.4.3)


Standart og‘ish qancha katta bo‘lsa, aksiyalarning o‘zgaruv-chanlik ko‘rsatkichi shuncha yuqori bo‘ladi.


A va B aksiyalari uchun EA (ri) = EB(ri) = 10%.


165
A aksiyalari uchun standart og‘ish quyidagiga teng:

= (0,2)(30% − 10%) + (0,6)(10% − 10%)


+ (0,2)(−10% − 10%)


= 12,65%


B aksiyalari uchun standart og‘ish quyidagiga teng:

= (0,2)(50% − 10%) + (0,6)(10% − 10%)


+ (0,2)(−30% − 10%)


= 25,30%


B aksiyalari uchun standart og‘ish A ga nisbatan ikki marta ko‘p, shuning uchun o‘rtacha qiymatdan ehtimoliy og‘ish A aksiyalarining xuddi shu ko‘rsatkichidan ikki marta ortib ketadi.


Real hayotda aksiyalarning daromadlilik ko‘rsatkichlari diapazoni xuddi bizning misolimizdagi kabi bir qancha qiymat bilan chegaralanmagan va daromadlilik amalda istalgan qiymatni qabul qilishi mumkin. Shuning uchun aytish mumkinki, aksiyalar daromadliliklari taqsimoti ehtimolliklarning uzluksiz taqsimotini o‘zida aks ettiradi. Ko‘pincha ehtimolliklarning uzluksiz taqsimoti 8.4.2-rasmda keltirilgan egri chiziqdan iborat bo‘ladi.


Risk odam uchun muhim ahamiyatga ega noaniqlikni o‘zida aks ettiradi. Risklarni boshqarish – bu riskni kamaytirishdan foyda va buning uchun zarur sarf-xarajatlar o‘rtasida balansga erishishga yo‘naltirilgan murosa yo‘lini ishlab chiqish, shuningdek, buning uchun qanday choralar ko‘rish lozimligi haqida qarorlarni ko‘rib chiqish jarayonidir. Odamlar duch keladigan risklarning barcha turlari ularning iste’molchi sifatidagi xatti-harakatlari tufayli yuzaga keladi, korporatsiyalar faoliyatiga muayyan tarzda ta’sir qiluvchi shaxslar, soliq to‘lovchilar.


Aktivlar yoki moliyaviy bitimlarning risklilik darajasini boshqa omillar ta’siridan ajratilgan holda baholash mumkin emas, chunki u mutanosib tahlil doirasiga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim hollarda muayyan aktivlar xaridi yoki sotuvi uning egasi riskka uchrash ehtimolini oshirib yuborsa, boshqa hollarda xuddi shunday harakatlar risk kamayishiga olib keladi. Spekulyantlar – bu sa’y-harakatlari o‘z kapitalini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan investorlar bo‘lib, bu jarayon riskning muayyan turlari bilan birga kechadi. Ularning aksi sifatida xejerlar o‘z riskini kamaytirishga harakat qiladi. Ayni bir odam bir


166

holatda spekulyant, boshqa holatda – xejer sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Sug‘urtalar, investitsiyalar kabi turli resurslarni taqsimlash haqida ko‘plab qarorlar va boshqa har xil turdagi moliyaviy qarorlar ko‘pincha risk sharoitida qabul qilinadi, shuning uchun ularni ham riskni boshqarish sohasiga kiritsak bo‘ladi.

Nazorat savollari







  • Yüklə 0,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   151




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin