Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Risk to‘g‘risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof. V.V.Kovalyov quyidagicha ta’rif berib o‘tadi: risk bu moliyaviy yo‘qotish darajasini belgilab



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə14/151
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#169457
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

Risk to‘g‘risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof. V.V.Kovalyov quyidagicha ta’rif berib o‘tadi: risk bu moliyaviy yo‘qotish darajasini belgilab:



  • qo‘yilgan maqsadga yetib bormaslik;


  • noaniqliq holatda natijani belgilash;


  • subyektiv holatda belgilangan natijani baholash.



  • Сэй, Ж.Б. Трактат по политической экономии. – М.: “Директ-Медиа”, 2007.

19

Investitsiya faoliyati ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflatsiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir.


Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma’lumotlari yetishmasligi yoki to‘liq emasligi sababli subyektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma’lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin. Chunki o‘tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lib o‘tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin.


Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va zararlarga bog‘liq bo‘lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir.


Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin bo‘lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga ega bo‘lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi.


Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma’lumotlarga egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir.


Yuqoridagilarga o‘xshagan ta’riflarni mahalliy iqtisodchilarimi-zning ishlarida ham uchratish mumkin. Undan tashqari, oxirgi yillarda chop qilinayotgan ko‘pgina mualliflarning ishlarida “risk” so‘zini o‘zbekchaga tarjima qilishga harakat qilingan.
20

Natijada hozirgi kunda turli mualliflar tomonidan “risk” termini turlicha nom bilan talqin qilinmoqda. Ba’zi bir iqtisodchilar riskni “tavakkalchilik” deb ifodalasalar, boshqalari riskka “xavf”, “ikkilan-ish”, “noaniqlik”, “mavhumiylik” deb ta’rif berish to‘g‘riroq degan xulosa qiladilar.


Iqtisodchi olimlardan T.Malikov, O.Olimjonovlarning risk to‘g‘risidagi qarashlari diqqatga sazovodir. “Risk” atamasi o‘zbek ti-lidagi ayrim manbalarda “tavakkalchilik”, “xavf-xatar”, “tahlika” va “g‘ov” ma’nolarida tarjima qilinayotgan bo‘lsa-da, ularning hech biri, mualliflar fikricha, “risk” atamasining asl ma’nosini bildirmaydi. “Zararlarni vujudga kelishi yoki daromadlarning ko‘zda tutilgan darajadan kamroq olinishi ehtimoliga risk deyiladi” deb ushbu olimlar ta’rif beradi.
Har qanday iqtisodiy subyekt faoliyat yurgizar ekan, u risk bilan to‘qnash keladi. Bu risk har qanday vaqt va sharoitda yuzaga kelishi mumkin. Bu riskdan qo‘rqmay, uni boshqarib daromadni ko‘paytirish har bir subyektning maqsadi va vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan risklarni o‘rganish, ularni kelib chiqish sabablarini aniqlash va boshqarish metodlarini o‘rganish iqtisodchilarning vazifasi hisoblanadi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin