Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Investitsion risklar korxonaning investitsion faoliyatlarini amalga oshirish natijasida kutilgan daromadlarni ololmaslik ehtimolligidir



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə17/151
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#169457
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   151
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

Investitsion risklar korxonaning investitsion faoliyatlarini amalga oshirish natijasida kutilgan daromadlarni ololmaslik ehtimolligidir.


Inflatsiya riski - bu inflatsiyaning o‘sishi natijasida olinadigan pul shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir. Bunda tadbirkorlar sezilarli darajada moliyaviy yo‘qotishlarga duchor bo‘ladilar. Inflatsiya risklari tashqi tizimli risk hisoblanib, unga ta’sir qilish imkoniyatlari juda kichik bo‘ladi.
24

Sof risklar deyilganda, korxonalar xo‘jalik-moliyaviy faoliyatida zarar ko‘rishi yoki hech qanday daromad ololmaslik ehtimolini tushunish mumkin.


Spekulativ risklarda esa, korxonaning ijobiy natijaga yoki bo‘lmasa salbiy natijaga erishishlik ehtimoli namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, spekulativ risklar korxonalarning daromad, foyda olishini yoki zarar ko‘rish ehtimolligini anglatadi.


Tashqi risklar korxonalar o‘zlarining xo‘jalik faoliyatini bevosita tashqi muhit bilan bog‘langan holda amalga oshirishi natijasida vujudga keladi. Korxonalarda tashqi risklar darajasiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bularga misol qilib, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va tabiiy-iqlim risklarini ko‘rsatish mumkin.


Tashqi risklarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular moliyaviy faoliyat natijalariga ham bevosita, ham bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Albatta, har qanday mulkchilik shaklidagi korxonalarga tashqi riskning ta’siri o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.


Barchamizga ma’lumki jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizdagi ko‘plab eksportga ixtisoslashgan korxonalar va xorijiy davlatlardagi aksariyat firma va kompaniyalar faoliyatida iqtisodiy riskning yuzaga kelishi kuzatildi. Albatta bunday turdagi risklarni boshqarish yoki tartibga solish nafaqat korxona menejerlariga bog‘liq balki xalqaro bozordagi holat va boshqa davlatlardagi iqtisodiy vaziyatlarga ham bog‘liqdir.


Tashqi risklar obyektiv xususiyatga ega bo‘lib, bunday risklarni tartibga solish yoki boshqarish korxona uchun qiyin kechadi. Korx-onalar faoliyatida uchraydigan asosiy tashqi risklardan biri bu iqtisodiy risklardir. Iqtisodiy risklar mamlakatdagi iqtisodiy holatdan kelib chiqadi va korxonalar faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


Ichki risklar, korxonaning ichki xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga keladi. Bunday risklarga korxonaning ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonlari bilan bog‘liq, xodimlarning malakalari bilan bog‘liq, boshqaruv strategiyasining qanday darajada ekanligi bilan, asosiy vositalarning holati va texnika xavfsizligi bilan bog‘liq

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin