O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-BOB. “INNOVATSION IQTISODIYOT” FANINING



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

1-BOB. “INNOVATSION IQTISODIYOT” FANINING 
NAZARIY ASOSLARI 
1.1.
 
Innovatsion iqtisodiyot tushunchasi 
va o‘ziga xos xususiyatlari 
Bozor 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishning 
hozirgi 
bosqichida, 
innovatsiyalarni joriy etish, milliy korxonalar raqobatdoshligini oshirish, 
ularning 
iqtisodiy 
mustaqilligini 
va 
bozordagi 
mavqeini 
mustahkamlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 
Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsion 
faoliyatni rivojlantirish insoniyat taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishning 
muhim omiliga aylanmoqda. Innovatsion faoliyatni doimiy rivojlanib 
borishi insoniyat va ijtimoiy hayot o‘zgarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Innovatsion iqtisodiyot” fani “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, 
“Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modellari”, “Axborot 
tizimlari”, “Huquqshunoslik”, “Innovatsion marketing” va “Innovatsion 
menejment” kabi fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganiladi. 
Ushbu sohada eng yangi va zamonaviy ilmiy izlanishlarni olib 
borgan va shu sohaga oid ilmiy asarlar muallifi bo‘lgan Jati Senguptaning 
innovatsiyalarga bergan ta’rifiga to‘xtalib o‘tsak. “Texnologiyalarga 
asoslangan innovatsiyalar mahsulot innovatsiyasi, sanoatda “ilmiy izlanish 
va rivojlanish”ko‘rinishidagi investitsiyalar va taqlid va takomillashtirishni 
o‘z ichiga olgan texnologiyalar transferini o‘zida mujassam 
etadi.Innovatsiyalar turli shakllarda bo‘lishi mumkin, ammo har qanday 
shaklda u mahsulot tannarxini kamaytirish yoki bozor talabini 
kengaytirishga yordam qiladi. Innovatsiyalarning ba’zi bir muhim turlari 
sifatida: 
texnologiyalarga asoslangan innovatsiyalar; 
endogen yoki ekzogen innovatsiyalar; 
sanoat rivojlanishida tanlov mexanizmi innovatsiyasi; 
texnologiyalar 
konsorsiumi 
orqali 
shakllantiriladigan 
innovatsiyalardan iborat. 
Fanning vazifasi – o‘rganuvchida innovatsion faoliyatning mohiyati, 
roli, asosiy elementlari va bosqichlari bo‘yicha tizimli tushunchalarni 



shakllantirish, innovatsion jarayonlarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy 
mexanizmi mohiyatini ochib berish, intellektual mulk obyektlarini 
yaratish, huquqiy muhofazasini ta’minlash, ixtiro, kashfiyotlar tizimini 
tashkil qilish va boshqarish sohasidagi asosiy tushunchalar, O‘zbekiston va 
boshqa davlatlarning innovatsion tizimi va shu sohaga tegishli bo‘lgan 
me’yoriy hujjatlarni o‘rgatishdan iboratdir.
Endogen innovatsiyalar esa o‘z ichiga innovatsiyalarga investitsiya 
kiritishga moyillikni bozor tomonidan rag‘batlantirishni qamrab oladi. 
Bozor rag‘bati deganda monopoliyadan patentlash qonunlari orqali 
himoyalanish va texnologik musobaqada g‘olib chiqishni nazarda tutadi. 
Mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, intellektual 
mulk huquqini yaratish, ularni muhofaza qilish, huquqiy egalarining 
manfaatlarini 
himoya 
qilish, 
innovatsiya 
sohasiga 
oid 
xalqaro 
integratsiyalashuvini jadallashtirish, xalqaro shartnomalarga kirish orqali 
milliy mualliflarining huquqlarini butun dunyoda muhofaza qilish kabi 
muhim masalalar davlat ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab olindi. Hozirgi 
globallashuv jarayonlarida “Innovatsion iqtisodiyot” fanining ahamiyati 
benihoya kattadir. Iqtisodiyotni rivojlantirishda intellektual mulk, ixtirolar, 
yangi 
kashfiyotlar 
hamda 
ularni 
patentlash, 
litsenziyalash 
va 
sertifikatsiyalashning o‘rni salmoqlidir. Chunki, dunyoning qaysi 
burchagida bo‘lmasin bunyod etilgan ixtiro bu mulk hisoblanib, undan 
barcha xalqlar foydalanishi mumkin. Bu masala o‘z navbatida patent olish 
va uni sotish orqali tartibga solinadi. 
Ekzogen innovatsiyalarni ilmiy va notijorat institutlar tomonidan olib 
borilgan ilmiy izlanishlar natijasini misol sifatida keltirish orqali 
yoritadigan bo‘lsak, innovatsiyalarning bu turi ba’zan yangi mahsulot va 
yangi jarayonga sababchi bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. Solounni 
iqtisodiy o‘sish modelida barcha texnologik rivojlanishlar ekzogen 
innovatsiya sifatida qaralgan bo‘lsada, pirovardida sanoatda va butun bir 
mamlakat uchun ishlab chiqarish imkoniyatlarini keskin o‘zgartirdi.
Innovatsiyalarning keyingi ikki turi kamroq e’tiborga sazovor 
bo‘lishi mumkin. Evolyusion tanlov mexanizmi firmalarni dinamik bozor 
samaradorligi va patent tizimi orqali tanlaydi. Bu mexanizm texnologik 



o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatini ham bozor strukturasining 
endogen aspektlarini hisobga oladi.
Patentlash tizimi texnologik tanlovning ikkinchi instrumentlar 
tizimidir. U mulkchilik huquqini aniqlashtirib texnologik innovatsiyalarni 
rag‘batlantiradi.
Innovatsion faoliyat ishlab chiqarish va inson hayotiy faoliyatining 
boshqa sohalari ehtiyojlarini qondirishning muhim uslublaridan biri 
hisoblanadi. U foydalaniladigan mahsulotlarning sifat o‘zgarishlari, 
faoliyat vositalari va uslublarini yangilash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Ammo sifat o‘zgarishlari faqatgina fundamental bilimlar asosida 
o‘zgartirish mumkin bo‘lib, ular texnik bosqichdan ishlab chiqarish 
sohasiga o‘tgan holda, unda progressiv o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Ushbu sohadagi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda innovatsion faoliyat mahsulotlarini sotish hisobiga milliy 
daromadning 20 foizgacha o‘sishini ta’minlashi mumkin. 
Innovatsion faoliyat O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun nisbatan yangi 
tushuncha bo‘lib, fan-texnika taraqqiyotini boshqarish jarayonlari va 
ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy jihatlarini 
qamrab oladi. 
Innovatsiya - mavjud tizimlar rivojlanishini boshqarish jarayoni 
bo‘lib, unda innovatsiyaviy mahsulot amaliy qo‘llanilish bosqichigacha 
olib kelinadi va bozor muvaffaqiyatini ta’minlaydi. 
Mamlakatlar 
raqobatdoshligini 
baholashning 
ko‘rsatishicha, 
korxonalar rivojlanishining asosiy strategiyasi bo‘lib, quyidagi 
tamoyillarga asoslangan boshqaruv siyosatini amalga oshirish uchun 
xizmat qiladi: 
- tabiiy va iqlim resurslardan oqilona foydalanish; 
- jamg‘arilgan boyliklardan o‘z o‘rnida foydalanish; 
- investitsiyalarni faol jalb qilish; 
- innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash. 
Innovatsion faoliyatning eng muhim amaliy vazifalaridan biri - 
innovatsiyaviy jarayonlarni amalga oshirishning samarali tizimini 
shakllantirish va u quyidagilarni amalga oshirishni talab etadi: 



- innovatsion faoliyatga tegishli nazariy bazasini ishlabchiqish; 
- innovatsion 
faoliyat 
sohasida 
mavjud 
muammolarni 
yechishuslublarini asoslash; 
- innovatsion jarayonlar samaradorligini baholash uslubiyotiva 
ularga ta’sir ko‘rsatish vositalarini ishlab chiqish. 
Korxonada 
ro‘y 
berayotgan 
innovatsion 
jarayonlarning 
samaradorligi, innovatsiyaviy strategiyani shakllantirishda qo‘llaniladigan 
usul 
va 
uslublar, 
innovatsiyaviy 
mahsulot 
kategoriyasi, 
ishlab 
chiqilayotgan innovatsiya turlari, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining 
ishlab chiqarishga jalb etish va uni qo‘llanilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ular 
orasida eng muhim elementlar bo‘lib quyidagilar sanaladi: 
-
innovatsiyaviy xaraktyerdagi yechimlarni ishlab chiqish va 
amalgaoshirishning samarali strategiyalari; 
- muayyan tashkiliy tuzilmada bunday strategiyani amalga oshirish 
jarayonini boshqaruv mexanizmi. 
Innovatsion faoliyat nazariyasi va innovatsion strategiyani uslubiy 
jihatlarini o‘rganish davri o‘tgan asr boshlariga to‘g‘ri keldi va ko‘pgina 
yirik olimlar tomonidan amalga oshirildi. 
Hozirgi kunda ilmiy-texnik taraqqiyot va bozor ehtiyojlari, mahsulot 
nomenklaturasi va sifatiga yangi talablarni shakllantirgan holda talab va 
taklif kon’yukturasidagi o‘zgarishlarga olib kelmoqda.
Innovatsion faoliyatni asosiy qoida va kategoriyalarini o‘rganish 
uchun «innovatsiya» tushunchasining iqtisodiy mazmuni va mohiyatini 
to‘liq o‘rganishimiz lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya (ingl. 
inovation) potensial ilmiy-texnik taraqqyotni (ITT) yangi mahsulot va 
texnologiyalar ko‘rinishida real taraqqiyotga aylanishi” deb ta’riflanadi. 
Bozor iqtisodiyotida innovatsiyalarni tizimli taqdim etish uslubiyoti 
xalqaro standartlarga asoslangan va unga muvofiq innovatsiya deganda 
bozorga kirib kelgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliyotda 
qo‘llanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoki 
ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan yangicha yondashuv ko‘rinishidagi 
innovatsiyaviy faoliyat natijalari tushuniladi. 
Ushbu muammo bo‘yicha ko‘p sonli tadqiqotlar amalga oshirilgan 


10 
bo‘lishiga qaramasdan, bugungi kunda innovatsion faoliyat sohasida 
yagona, umumiy tarzda qabul qilingan terminologiya mavjud emas. 
Shuning uchun ham shu sohadagi ilmiy adabiyotlarni qisqacha tahlilini 
keltirish va innovatsion faoliyat sohasidagi asosiy tushunchalarni 
aniqlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Innovatsiyaviy nazariyani asosiy rivojlanish bosqichi V.Zombart, 
V.Mitcherlix, Y.Shumpeter ishlariga to‘g‘ri kelgan. Innovatsiyalar 
nazariyasini shakllanishi va rivojlanishiga avstriyalik olim Y.Shumpeter 
katta hissa qo‘shgan. 
1930-yillarda Y.Shumpeter tomonidan innovatsiya tushunchasi 
kiritildi va u mahsulot ishlab chiqarish, sotish, yetkazish jarayonlarida 
yangi yoki takomillashtirilgan texnik, texnologik, tashkiliy xaraktyerdagi 
qarorlarni qo‘llash oqibatida mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘z ichga 
oladi deb ta’kidlaydi. Y.Shumpeter tomonidan innovatsiyaga berilgan 
ushbu ta’rifda ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalari 
to‘g‘risidagi konsepsiyasi, innovatsiyalar nazariyasiga bo‘lgan ikkita eng 
tarqalgan yondashuvdan birining asosini tashkil etadi. Birinchi 
yondashuvda yangi omillardan foydalanish to‘g‘risidagi tushunchaga, 
ikkinchi yondashuvda esa yangi yaratilgan mahsulot va yangi yaratilgan 
texnologiyaga asoslangandir. 
Y.Shumpeter “Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” (Theory of Economic 
Development) nomli mashhur asarida innovatsion jarayon natijasidagi 
o‘zgarishlarni besh yo‘nalishga ajratib ko‘rsatib bergan. 
Bu yo‘nalishlar quyidagilardan iboratdir: 
-yangi texnik va texnologik o‘zgarishlar yoki ishlab chiqarish 
jarayonini yangi bozor talablari asosida tashkil etish; 
-yangi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot turlarini 
deversifikatsiyalash; 
-ishlab chiqarish jarayonlarida yangi xom-ashyolardan foydalanish; 
-ishlab chiqarishni tashkil etishda innovatsion boshqaruv usullaridan 
foydalanish; 
-yangi iste’mol bozorlarini shakllantirish.
1
1
Шумпетер Й. Теория экономического развития. M 1982 год 388 стр.


11 
“Innovatsiya” tushunchasiga bo‘lgan ikkinchi yondashuv ishlab 
chiqarishda muayyan turdagi texnika, texnologiya va boshqa yangi 
mahsulotlardan foydalanishga asoslanadi. Ushbu yondashuvga asoslanib 
ayrim olimlar ishlab chiqarish faoliyatini innovatsiyaviy va ilmiy-texnik 
jihatlaridan biri deb biladilar. Bundan kelib chiqqan holda «innovatsiya» 
tushunchasi jarayon hamda natija sifatida tushuniladi. 
Innovatsiyalar iqtisodiy samaradorligini ta’minlash zaruriyatini 
hisobga olgan holda, bir qator Rossiyalik iqtisodchilar (M.Ionov, 
A.Kulagin, V.Loginov) innovatsiyani «xarajatlar tejalishini yoki bunday 
tejash uchun sharoit yaratilishini ta’minlovchi yangi mahsulot yoki xizmat, 
ishlab chiqarish uslubi, tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-tadqiqot va boshqa 
sohalardagi yangilik» sifatida ko‘rishganlar. 
Fikrimizcha, “innovatsiya” yangicha g‘oya, ishlab chiqarishga 
tadbiq etilgan yangicha yondashuv, yangi texnologiya va ishlab 
chiqarilgan yangi mahsulot, boshqaruvdagi yangicha usul, umuman, 
barcha jabhalardagi yangi islohotlardir. Bunda innovatsiya nafaqat so‘nggi 
yangilik, balki hayotga tadbiq etilgan, jamiyat a’zolariga iqtisodiy va 
ijtimoiy naf keltiruvchi vosita bo‘lishi lozim. Innovatsion faoliyatning 
maqsadi, vazifalari va uslublarining tadqiqotini davom ettirish uchun, 
innovatsiyaviy boshqaruv obyektini ifodalash va uning asosiy tavsiflari va 
xususiyatlarini aniqlash kerak. Buning asosiy zaruriyati shundaki, 
innovatsion 
faoliyat 
korxonaning 
raqobat 
asosida 
rivojlanishi 
strategiyasining 
asosiy 
elementlaridan 
biri 
bo‘lib, 
boshqaruv 
infratuzilmasini yaxshilash va faoliyat maqsadlariga yanada samaraliroq 
erishish imkonini beruvchi turli xil yangiliklardir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin