O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/59
tarix03.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#172080
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
Innovatsion iqtisodiyot Aliyev 2019 @iqtisodchi kutubxonasi

 
5.2.1-jadval. 
Yangi mahsulotning muvaffaqiyat omillari. 
Muvaffaqiyat omili 
foiz 
Mahsulotning bozor talabiga moslashganligi 

Mahsulotning firma imkoniyatlariga muvofiqligi 

Mahsulotning texnologik ustunliklari 

Yangi mahsulotlarning firma rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi 

Yangi modellar tanlashda baholash jarayonlaridan foydalanish 

Qulay raqobat muhiti 

Tashkiliy tuzimaning yangi mahsulot ishlab chiqish vazifalariga muvofiqligi 



166 
5.2.1-jadval ma’lumotlaridan kelib chiqadiki, asosiy muvaffaqiyat 
omili mahsulotning bozor talablariga moslashganligi hisoblanadi. Bu 
innovatsion marketingning asosiy kompetensiyasi hisoblanadi. 
Innovatsion marketing texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, ular jismoniy jihatdan mavjud mahsulot bilan emas, balki uning 
ishlab chiqarilayotgan konsepsiyasi bilan ishlaydilar. Bu esa an’anaviy 
marketingdan farqli ravishda, marketing tadqiqotlari o‘tkazishda katta 
qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. 
Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori konyunkturasini 
o‘rganish, innovatsion loyihani biznesloyihalashtirish, uni amalga 
oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar 
diffuziyasi va daromad olishgacha bo‘lgan butun innovatsion siklning 
tizimli integratsiyasini ifodalaydi. 
Innovatsion marketing obyekti intelektual mulk, yangi materiallar va 
tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar 
va xizmatlarni siljitish yangi usullari, boshqaruvning yangicha tashkiliy 
shakllari hisoblanadi.
Innovatsiyalar yaratish mamlakatimizda doimo muhim ahamiyatga 
ega bo‘lib kelgan. Biroq bugungi kunga kelib, raqobat kurashida 
innovatsiyalar ishlab chiqarishni emas, ularni amaliy qo‘llashni 
tashkillashtirishdan iboratdir. Korxonalarda innovatsion marketingni 
iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganishda turli strategiyalardan foydalanish 
talab etiladi, ya’ni o‘zaro munosabatlar marketing, ijtimoiy marketing, 
B2B, B2C, xolistik marketing, “yashil” marketing, geomarketing, tarmoq 
marketing, taassurotlar marketinggi, neyromarketing strategiyalari kabi 
turlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu innovatsion 
marketing strategiyasi turlaridan mamlakatimiz korxonalarda, ularning 
yangi mahsulot ishlab chiqarishida hamda xizmat ko‘rsatishida yangi 
bozor segmentlarini o‘zlashtirishda, korxonaning raqobatli ustunligini 
yaratishda samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Korxonalar faoliyatida innovatsion marketing strategiyalaridan 
samarali foydalanish orqali yangi xizmatlar to‘rini yanada kengaytirish, 


167 
ushbu xizmatlar bilan nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham 
yangi xizmat ko‘rsatish turlarini ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bugungi kunda “Innovatsion marketing” – marketing faoliyatidagi 
yangi paydo bo‘lgan yo‘nalish hisoblanib, innovatsion mahsulot va 
xizmatlarni shakllantirishda ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy qilish 
hamda ushbu innovatsion g‘oyani tijoratga tayyorlashni amalga oshiradi. 
U korxonaga innovatsion mahsulotni maksimal samara bilan joriy qilish 
imkonini beradigan usul va vositalar majmuidan foydalanadi. Innovatsion 
marketing texnologiyalarini o‘z vaqtida qo‘llash innovatsion ishlab chiqish 
bilan bog‘liq risklarni pasaytiradi, chunki ular potensial talabni baholash, 
maqsadli bozor segmentini aniqlash va ishlanmalarini davom ettirish 
kerakmi, ular kutilgan samarani beradimi degan savollarga javob berishga 
imkon yaratadi. 
Xizmat ko‘rsatishda esa 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin