174
oshirilishi mumkin. Ularning barchalari u yoki bu shaklda qayta ishlab
chiqarish jarayonida ishtirok etadilar va innovatsion faoliyatni
rivojlanishida
bevosita
ishtirok
etadilar.
Innovatsion
loyihalarni
moliyalashtirishning
tashkil
qilish
tamoyillari
moliyalashtirish
manbalarining ko‘pligi, tizimning alohida elementlarining egiluvchanligi,
innovatsion faoliyatdan moliyaviy qaytarilishni o‘sishni ta’minlashi lozim.
Buning uchun ikkita asosiy shartga amal qilish zarur bo‘lib,
davlatning innovatsion, ilmiy-texnik va sanoat siyosatini faollashtirish va
tadbirkorlarni faol investitsion rivojlantirishga o‘tishga tayyorligi
hisoblanadi.
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi mulkchilik turi,
markazlashtirilganlik
darajasi,
mulk
egalarining
darajasi
va
moliyalashtirish shakllari bilan farqlanuvchi shakllar va manbalarning
o‘zaro hamkorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Mulkchilik turlariga ko‘ra innovatsion loyihalarni moliyalashtirish
manbalari quyidagilarga bo‘linadi (5.3.1-rasm):
- davlat investitsion resurslari (byudjet mablag‘lari, byudjetdan
tashqari fondlar, davlat tomonidan qarz olish, aksiyalar paketlari, davlat
tasarrufidagi mulk);
- tijorat va notijorat xarakteriga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlar hamda jismoniy shakllarining investitsion moliyaviy resurslari.
Dostları ilə paylaş: