Moliyaviy menejerlar uchun xulosalar
Bu mazkur kitobda biz nima uchun kapital bozori samaradorligini muhokama qilganimizning eng muhim va asosiy sababidir. Keng ma‘noda xulosalar quyidagilardan iborat:
Sarmoyadorlarni aldash qiyin. Investorlar kompaniya menejerlarining xatti-harakatlarini muvofiq darajada sharhlaydilar va —ko‘zbo‘yamachilikka qo‘l urish”, odatda, muvaffaqiyatli kechmaydi hamda qimmatli qog‘ozlar kursi oshishiga olib kelmaydi.
Bozor kompaniyani ratsional ravishda baholaydi. Agar menejment oddiy aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishini talab qilsa, u holda mavjud aksiya bahosi qimmatli qog‘ozlarning yangi emissiyasiga nisbatan tegishli narxni anglatadi. Agar oldingi davrda aksiya bahosi past bo‘lsa, yangi aksiyalar chiqarishdan qutulishni kutish mantiqsiz bo‘lar edi. Agar qimmatli qog‘ozlar kurslari tasodifiy o‘zgarib borsa, unda avvalgi darajalar yuqoriligi sababli avvalgi darajaga qaytganiga ishonish uchun hech qanday asos yo‘q.
Rahbariyat aksiyadorlar farovonligi oshishi uchun harakat qilish kerak. Investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun umumiy qabul qilingan mezon bo‘lsa, menejerlar bunga mantiqiy hissa qo‘shadigan qarorlar qabul qilsalar va keyin nima qilganlari to‘g‘risida ma‘lumot tarqatishni ta‘minlasalar, qimmatli qog‘ozlar kurslari menejerlarning harakatlarini aks ettiradi. Boshqacha aytganda, menejerlar aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab ish tutsa, bu aksiyalar kursida o‘z aksini topadi.
Menejerlar noqulay axborotni yashirishdan manfaatdor bo‘lishi mumkin. Samaradorlikning kuchli shakli tadqiqi qimmatli qog‘ozlar kursida barcha muhim ma‘lumotlarning mavjud emasligini aniqlashga imkon berdi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, menejment noqulay axborotni yashirishdan asosli manfaatdor bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli davrda bunday vaziyat shubha ostiga olinadi, chunki barcha yashirin narsalar ertami-kechmi oydinlashadi. Investorlar orasida menejerlar noqulay ma‘lumotni yashirishga doim tayyor degan fikrning keng tarqalishi, oxir-oqibat, bunday menejerlarga o‘z harakatlarini u yoki bu tarzda davom ettirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Ikkilamchi kapital bozorlari riskli qo‘yilmalarning daromadlilik darajasini ishonchli tarzda aks ettiradi. Biz eski mashinani baholashda bozordagi o‘xshash mashinalar narxi bilan uning narxini solishtirgan holda baholashni xohlayotganimiz kabi, ikkilamchi kapital bozorlarida o‘xshash aktivlar narxlarini o‘rganib, muayyan riskda va kutilgan daromadlilikda aktivlar qiymatini baholashga harakat qilish mantiqan to‘g‘ri sanaladi.
Bu kompaniyalar tomonidan qabul qilingan real investitsiya qarorlarini baholashda pul oqimlari uchun mos diskont stavkasini hisoblash uchun CARM dan foydalanishning asosiy mantiqiy asosi hisoblanadi.
Samaradorlik haqidagi umumiy xulosa shundan iboratki, qimmatli qog‘ozlar egalari va menejerlar qimmatli qog‘ozlar kurslari orqali bir- biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan. Menejerlarning jiddiy xatti- harakatlari shu zahoti qimmatli qog‘ozlar kursida ham aks etadi.
Dalillar yangi axborot qimmatli qog‘ozlar kursiga tez va samarali ta‘sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Kitobning keyingi boblarida turli mavzularni ko‘rib chiqishda menejerlar uchun ikkilamchi kapital bozorining samaradorligi muhimligiga yana qaytamiz.
Dostları ilə paylaş: |