Samarali bozor paradoksi
Kapital bozori samaradorligining muhim paradoksi shundan iboratki, agar ko‘plab investorlar texnik tahlil va yangi axborotni tahlil qilish (fundamental tahlil) yordamida g‘ayrioddiy yuqori daromad olishga urinmasa, u holda samaradorlikning o‘zi ham mavjud bo‘lmasdi. Bunga esa juda ko‘plab shubhachilar mavjud bo‘lmagan va amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lmagan narsalarni o‘z foydasi uchun ishlatish maqsadida samarasizlik namoyon bo‘lishini faol ravishda qidirishi sabab bo‘ladi.
Xulosalar va kapital bozori samaradorligining
ahamiyati
LFB va kapital bozori samaradorligini tadqiq qilish natijalaridan kelib chiqsak, dalillar barcha shakllardagi samaradorlikni tasdiqlaydi, faqatgina qimmatli qog‘ozlar kursida ommaviy axborot aks etishi istisno holni tashkil qiladi. Keng jamoatchilik uchun hozircha ochiq sanalmagan ma‘lumotlar majburiy ravishda aks ettirilmaydi. Tadqiqotlar natijalari, xususan, AQSHda amalga oshirilgan tadqiqot natijalari kapital bozori samarasizligi sezilarsiz darajada namoyon bo‘lishidan dalolat berishi mumkin. Ayrim kuzatuvchilarning taxminiga ko‘ra, agar samarasizlikka oid dalil paydo bo‘lsa, u holda bu LFB investorlarining xatti-harakatlaridagi o‘zgarishlarni aks ettirishi mumkin.
Samaradorlik sezilarli miqdorda mustaqil investorlar talab qiladi. LFB ga investitsiyalar yirik institutsional investorlarning nisbatan ozchiligi qo‘lida to‘plangan bo‘lib, ularning katta qismi London Siti ichida yoki uning atrofida joylashgan. Ba‘zilarning fikriga ko‘ra, bu kurslar mustaqil bozor kuchlari tomonidan emas, balki —poda hissi” bilan belgilanishiga olib keladi. Uelch (Welch, 2000) tahlilchilarning muayyan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tavsiyalari boshqa tahlilchilarning keyingi tavsiyalariga ta‘sir ko‘rsatuvchi o‘ziga xos tendensiyaga ega ekanligini isbotladi.
Bu aksincha ekanligidan dalolat beruvchi boshqa dalillarga qaramay shuni ta‘kidlash mumkinki, LFB aksariyat amaliy maqsadlari uchun unda muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni samarali baholaydi.
Ushbu bobning avvalgi o‘rinlarida fond birjalari o‘z faoliyatini qanday amalga oshirishini ko‘rib chiqish bunday xulosa ajablanarli bo‘lmasligini ta‘minlashini tushunish ham muhim. Mantiqan, biz bozorning samarali bo‘lishini kutishimiz lozim.
Dostları ilə paylaş: |