Samaradorlikning o„rtacha shakli haqidagi xulosalar
Yuqorida keltirilgan natijalar jahon ikkilamchi kapital bozorlarida olib borilgan tadqiqotlar uchun odatiy bo‘lgan tadqiqot ma‘lumotlari qimmatli qog‘ozlar kurslari yangi axborotga to‘g‘ri va tezkor javob qaytarishini tasdiqlaydi. Bu anchayin muhim bo‘lib, ular jiddiy bo‘lmagan yangi axborotni, ya‘ni, bir qarashda muhim tuyuladigan, lekin aslida bunday bo‘lmagan ma‘lumotlarni hisobga olmaydi. Shunday qilib, umumiy xulosa shundan iboratki, kapital bozorlari, jumladan, LFB o‘rtacha samaradorlik shakliga ega.
Samaradorlikning kuchli shakli tadqiqi
Samaradorlikning kuchli shakli qimmatli qog‘ozlar kursini belgilash uchun ahamiyatga ega ma‘lumotlar nuqtayi nazaridan shaxsiy axborot sifatida bunday tushuncha mavjud emasligini anglatadi. Axborot har qanday shaxs yoki guruh uchun ma‘lum bo‘lganidan so‘ng, u o‘zi
taalluqli bo‘lgan muayyan qimmatli qog‘oz yoki qimmatli qog‘ozlarning narxida aks etadi.
Omma uchun ochiq bo‘lmagan ma‘lumotlardan foydalanish
imkoniga ega bo‘lganlarga quyidagilar kiritiladi:
insayderlar (insiders), ular bunday ma‘lumotlardan foydalanishda imtiyozli vakolatlarga ega bo‘ladi (menejerlar, xodimlar, auditorlar va boshqa professional maslahatchilar kabi);
ekspertlar va professional investorlar.
Umumiy foydalanish uchun hali chiqarilmagan axborotga ega menejerlar ushbu ma‘lumotlardan investitsiyalashdan daromad olishda foydalanishi mumkin bo‘lib, bu daromad axborotga ega bo‘lmagan investorlar daromadiga nisbatan juda yuqori bo‘lishi mumkin. Shunga o‘xshash tarzda, investitsion menejerlar tavakkal investitsiya kiritgan holatga nisbatan o‘z tajribasi tahliliy ma‘lumotlar tufayli yanada muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini kutish mumkin.
Insayderlar
Buyuk Britaniyada insayderlik bitimlariga jamoatchilik fikri, qonun va professional faoliyatning axloqiy me‘yorlari nuqtayi nazaridan hurmat bilan qaralmaydi.
Shuning uchun, agar insayderlik kelishuvi amalga oshirilsa, bu yashirincha bo‘ladi va odatda tadqiqotchilar undan foydalana olmaydi. AQSHda (1960-yillardan oldin) garchi insayderlardan bitim tuzishda insayderlik maqomini ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilingan bo‘lsa-da, insayderlik bitimlariga nisbatan boshqacha munosabat mavjud edi. Uoll- Stritda muvaffaqiyatli insayderlik bitimlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ham Jaffe (1974) va Finnerty (1976) tomonidan.
Jaffe (Jaffe, 1974) va Finnerti (Finnerty, 1976) insayderlar ma‘lumotlardan kengroq foydalana olishi natijasida muntazam ravishda favqulodda yuqori daromad olishlari mumkinligini aniqladilar.
Dostları ilə paylaş: |