Muddatli qarzlar Uzoq muddatli qarzlar va listingdan o‘tmagan obligatsiyalarga kelsak, bu yerda k miqdorini hosil qilish uchun hisoblash modeliga qo‘shish mumkin bo‘lgan tayyor p0 miqdori mavjud emas. Mantiqiy jihatdan p0 qarz oluvchi firma kreditorni qarz to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilishga undash uchun zudlik bilan to‘lashi kerak bo‘lgan miqdorni ifodalashi kerak. Boshqa tomondan, bu hozirgi paytda qarz olish mumkin bo‘lgan, biroq uni oqibatda uzish kerak bo‘lgan va unga foizlar hisoblab yoziladigan summadan iborat. Nazariy jihatdan ushbu ikki yondashuv bir p0 miqdori uchun muqobil variantlardan iborat bo‘lishi kerak; amaliyotda esa bu yuz bermasligi ham mumkin.
Amaldagi muammo shundan iboratki, miqdorlar bir xilligi yoki bir xil emasligidan qat‘i nazar, aslida p0 miqdorini aniqlash unchalik oson emas, shu tufayli ayrim qo‘shimcha hisob-kitoblar amalga oshirilishi kerak. Amaliyotda, agar ssuda qiymati unchalik katta bo‘lmasa va/yoki qarz shartlari kelishilgan paytdan boshlab foiz stavkalarida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lsa, kelishilgan foiz stavkasi, chamasi, yetarli darajada manbaning joriy muqobil qiymati sifatida xizmat qiladi. Boshqa tomondan, joriy foiz stavkalariga asoslangan hisob-kitobni amalga oshirish mumkin edi.
Moliyaviy lizing Oldingi bobda ko‘rib chiqqanimizdek, moliyaviy lizing aslida asosiy summasi qarz muddati oxirida butunligicha emas, balki ushbu muddat mobaynida muayyan vaqt oraliqlaridan keyin qismlar bo‘yicha to‘lanadigan ta'minlangan muddatli ssudani ifodalaydi. Agar foiz stavkasi lizing shartnomasida aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, biz uni yetarli darajada osonlik bilan hisoblab chiqishimiz mumkin.
Lizing rasmiylashtirish sanasidagi qiymati lizing predmeti hisoblangan aktiv narxini ifodalaydi. Ushbu miqdor, shuningdek, kelgusi lizing to‘lovlari summasi va muddatlari ma‘lumligi tufayli k miqdorini ham topish mumkin. Butun lizing davri uchun joriy lizing qiymatini aniqlash maqsadida bizga birja listingisiz muddatli qarzlar va obligatsiyalarga nisbatan kerakli yondashuvga o‘xshash yondashuv qo‘llanishi talab etiladi. Biz muayyan joriy lizing qiymatini qo‘yishga va qiymatni topish formulasidan k miqdorini topishga urinib ko‘rishimiz mumkin edi. Xususan, biz joriy muqobil lizing qiymati lizing eng birinchi rasmiylashtirilgan paytdagi qiymatga ko‘proq yoki kamroq o‘xshashligini taxmin qilishimiz mumkin edi.
Muayyan vaqt amal qilgandan so‘ng lizingni muayyan sanada baholashga urinish yetarlicha qiyin vazifa hisoblanadi, shu tufayli biz dastlabki shartnomaning foiz stavkasi hamon amalda degan taxminga asoslanishimizga to‘g‘ri keladi. Muqobil variant sifatida lizing to‘g‘risidagi joriy yangi bitimlarga tegishli stavkalar hisob-kitobini tatbiq etish mumkin edi.