Imtiyozli aksiyalar Imtiyozli aksiyalar qiymatining hisob-kitobi obligatsiyalar uchun foydalaniladigan hisob-kitob bilan deyarli bir xil. Ikki moliyaviy usul o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardan iborat:
Obligatsiyalar bo‘yicha foizli daromadga soliqdan chegirma tatbiq etiladi; imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarga - tatbiq etilmaydi;
Obligatsiyalar bo‘yicha foizli daromad shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlar asosida to‘lanadi; imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar kompaniya rahbariyati ixtiyoriga ko‘ra to‘lanadi.
Birinchi band oddiygina shuni anglatadiki, soliq bilan imtiyozli aksiyalar qiymati hisob-kitobida ahamiyat bermaslik kerak. Ikkinchi band shuni nazarda tutadiki, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni prognoz qilishda noaniqlik, umuman olganda, buning unchalik ahamiyati bo‘lmasada, obligatsiyalar bo‘yicha foizli to‘lovlar prognozidagi darajadan biroz yuqoridir.
Oddiy aksiyalar Oddiy aksiyalar ham kapital qiymatining asosiy hisob-kitoblaridagi obligatsiyalarga o‘xshash. Oddiy aksiyalar qiymatga ega, chunki ularning dividendlar keltirishi kutiladi. Dividendlar tuzilishi aksiyalar qiymatiga qanday ta‘sir ko‘rsatishini (agar umuman ta‘sir ko‘rsatsa) keyingi boblarda muhokama qilamiz.
Dividendsiz va dividendli aksiyalar
Dividendlar va ularning aksiyalar qiymati bilan aloqasini batafsil ko‘rib chiqishga kirishishdan oldin ikkilamchi kapital bozorida aksiyalar muomalaga kiritilishi asosini tashkil etgan tamoyillar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tish kerak. Odatda, dividendli aksiyalar (cum dividend) muomalaga kiritiladi. Bu shuni anglatadiki, aksiya sotib olgan har qanday shaxs taalluqli kompaniya tomonidan to‘lanadigan navbatdagi dividendni oladi. Dividend to‘lovi yaqinlashganda, taalluqli kompaniya o‘z aksiyadorlar ro‘yxatini “yopadi” va ro‘yxatda qayd etilgan aksiyadorlarga dividend to‘laydi; boshqacha aytganda, aksiyalar dividendsiz sotiladi (ex dividend). Bu shuni anglatadiki, aksiyadorlar ro‘yxati yopilgan sanadan so‘ng aksiyalarni sotib oladigan har qanday shaxs ushbu davrda dividendlar olmaydi; biroq dividend aksiyadorlar ro‘yxati yopilgan paytdan boshlab o‘z aksiyalarini sotgan va dividend to‘lanadigan kunga kelib ushbu investorlar aksiyalarga egalik qilmasliklari holatiga qaramay, oldingi aksiyadorlarga to‘lanadi. Dividendli muomalaga kiritilgan aksiya dividendsiz muomalaga kiritilgan aksiyaga aylangan paytdan boshlab uning narxi kelgusi dividendlarga muvofiq miqdorga pasayishi ajablanarli emas.
Har safar, aksiyalarning joriy bozor qiymati (pE0) dividendlar va aksiyalar qiymatiga tegishli biror-bir tenglamada qo‘llanganda, biz dividend olish huquqisiz narxdan foydalanishimiz kerak. Agar tez orada dividend to‘lansa va aksiyalar dividendli aksiyalar sifatida baholansa, dividendsiz aksiya qiymatiga teng qiymatni hosil qilish uchun aksiyaga kelgusi dividend summasini ayirib tashlashimiz kerak.