O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə84/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

LFB da bitimlar
Dilerlar
Odatda, dilerlar xaridor/sotuvchini zudlik bilan topa olishi yoki topa olmasliklaridan qat‘i nazar, qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yoki sotishga tayyor bo‘ladi. Shu tariqa, dilerlar xaridor uchun ayni paytda o‘zi ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarni topish yoki o‘zida ularga bevosita xaridor yo‘q bo‘lgan holda qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishga tayyor ekanliklarini namoyon etishadi. Faqatgina o‘ta yirik buyurtma olingan holda va juda kam savdo qilinadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dilerlar xaridor yoki sotuvchi sifatida qatnashishga tayyor bo‘lmasligi mumkin. Muayyan shart-sharoitlarda muayyan qimmatli qog‘ozni sotish yoki xarid qilishni xohlamaslik diler obro‘siga putur yetkazishi va bunday diler tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan savdolarga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. O‘z navbatida, bu o‘zining marketmeyker funksiyasini lozim darajada bajarishni uddasidan chiqa olmayotgan dilerlarga qarshi o‘ziga xos sanksiya bo‘ladi.
Vaqtning istalgan muayyan davrida dilerlik kompaniyasi, odatda, o‘zi ish olib borayotgan ijobiy yoki salbiy qimmatli qog‘ozlar zaxirasi bilan harakat qiladi (trading stock). Ijobiy zaxira bo‘lgan holda, diler ushbu qimmatli qog‘ozga nisbatan buqa pozitsiyasi (bull position)ni egallagani aytilsa, qimmatli qog‘ozlar sotilgan, diler esa ularni hali xarid qilmagan holda ayiq pozitsiyasi (bear position) haqida so‘z yuritiladi.
Dilerlar - bu tavakkal qiluvchi marketmeykerlar. Agar dilerlar qandaydir qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olsa, ularni keyinchalik yanada yuqoriroq narxda sota olishini taxmin qiladi. Shunga o‘xshash tarzda, ular o‘ziga tegishli bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarni sotib yuborganda (ya‘ni, ayiq pozitsiyasini egallaganda), yanada pastroq narxda boshqa qimmatli qog‘ozlarni xarid qilishim mumkin, deb hisoblashadi. Kutishlardagi xato dilerlar uchun qimmatga tushishi mumkin, chunki sotuvchini bozorga chiqishga undash uchun, ular juda yuqori narx taklif qilishiga ham to‘g‘ri kelishi ehtimoli juda yuqori. Faqat dilerlar sifatida faoliyat yurituvchi birja a‘zolari shunday savdodan foyda olish orqali pul topishadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin