O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə83/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

London fond birjasi

Barcha kapital bozorlari kabi, o‘zining ikkilamchi funksiyalarini bajarishda London fond birjasi (LFB) amalda xususiy kompaniya va davlat tuzilmalarining qimmatli qog‘ozlari xarid qilinishi va sotilishi mumkin bo‘lgan bozor makonini o‘zida aks ettiradi.


LFB a’zolari
Agar ko‘p turdagi bozorlarda jismoniy shaxslar o‘z nomidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishi va sotishi mumkin bo‘lsa, LFB da ular cheklangan imkoniyatlarga ega sanaladi. Faqat LFB a‘zolari qimmatli qog‘ozlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish va sotish imkoniga ega.
Agar kimdir LFB orqali qimmatli qog‘ozlar xarid qilishni yoki sotishni istasa, buni faqat agent sifatida birja a‘zosidan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin.
Qatnashchilarning xatti-harakatlarini tartibga soluvchi qoidalar birja a‘zolari tomonidan saylanadigan Kengash tomonidan tasdiqlanadi va nazorat qilinadi. Kengashning vazifalaridan biri LFB da savdo uchun to‘g‘ri keladigan tegishli qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga olish hisoblanadi. Ro‘yxatga olingan (listingdan o‘tgan) qimmatli qog‘ozlar Kengash tomonidan tasdiqlangan mezonlar to‘plami talablariga javob beradi. Ro‘yxatga olishdan avval qimmatli qog‘ozlarni tekshirish maqsadi sifatsiz qimmatli qog‘ozlar xaridi tufayli investitsiya jamiyati a‘zolarining pul mablag‘larini yo‘qotish ehtimolini bartaraf etishdan iborat.
Hozirgi vaqtda LFB da 2000 taga yaqin kompaniya aksiyalari ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan taxminan 100 tasi ulushiga barcha 2000 ta kompaniya aksiyalari umumiy qiymatining qariyb 80% i to‘g‘ri keladi (Coggan, 2003).
LFB a‘zolari birjada ikki rolda qatnashishadi:
  • marketmeykerlar (market maker)14 yoki ma‘nosi, mohiyatan, ko‘cha bozoridagi sotuvchilar bilan bir xil bo‘lgan dilerlar (dealers) sifatida. Har bir bitim qimmatli qog‘ozlarning muayyan guruhi bilan cheklangan bo‘lib, bu ko‘p jihatdan ko‘chadagi sotuvchilar meva-cheva, go‘sht yoki baliq sotishga ixtisoslashishga intilishini eslatadi;


  • LFB orqali xarid qilish yoki sotishni xohlovchi shaxslarning agentlari sifatida (birja maklerlari [stockbrokers]).





Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin