O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


-bosqich: Maqsadni shakllantirish



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə11/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

1-bosqich: Maqsadni shakllantirish. Qaror qabul qilayotgan shaxs aynan qanday natijaga erishmoqchi ekanligini aniq tasavvur qilishi kerak. Ertalab uydan chiqayotib, qaysi tomonga ketishini hal etishi kerak. Buni amalga oshirish uchun eng yaqin maqsad qandayligini bilishi zarur. Agar maqsad ishga borishdan iborat bo‘lsa, o‘ng tomonga burilish; agar mahalliy do‘konga chiqib kelish kerak bo‘lsa - chap tomonga burilish qarori talab qilinishi mumkin. Qaror qabul qilayotgan shaxs qayerga borishni bilmasa, u qaysi tomonga burilish to‘g‘risida ongli ravishda qaror qabul qilolmaydi. Kompaniyalarning ehtimoliy maqsadlari quyida ko‘rib chiqiladi.
2-bosqich: Ehtimoliy harakatlar yo„nalishlarini aniqlash. Ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlarini tushunib olish kerak. Bunda qonun tomonidan yoki qaror qabul qilayotgan shaxs nazorati ostida bo‘lmagan boshqa kuchlar tomonidan belgilanadigan harakatlar erkinligining barcha cheklanishlari hisobga olinishi kerak.
Asoslangan qarorlar qabul qilish uchun o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga eng yaxshi tarzda erishish imkonini beradigan imkoniyatlarni muntazam ravishda izlab topish talab etiladi. Biznes mablag‘lari nuqtayi nazaridan bu investitsiya qilish uchun yangi obyektlar, shuningdek, ularni mablag‘ bilan ta'minlash uchun kerakli mablag‘lar aniqlanishini anglatadi. Bunday imkoniyatlar har doim ham oshkora bo‘lmaydi va kompaniyalar ularni muntazam ravishda izlab topishi kerak. Buni amalga oshirmaydigan kompaniya deyarli muqarrar ravishda tanazzulga yuz tutadi, qulay imkoniyatlar esa yanada ilg‘or raqobatchilar tomonidan foydalaniladi.
3-bosqich: Qarorlar qabul qilinishiga tegishli ma’lumotlarni to„plash. Ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlaridan har birini ko‘rib chiqish va unga tegishli axborotni aniqlash kerak. Muayyan harakat usuli to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning hammasi ham muhim emas. Faraz qilaylik, shaxs muayyan hajmli dvigatelga ega mashina xarid qilishni istaydi, bunda ishonchlilik va narxning eng yaxshi nisbatiga ega modelini izlab topishni yagona maqsad qilib qo‘yadi. Ushbu shaxsga mashinaning ishonchliligi va narxi to‘g‘risidagi ma‘lumotlargina qiziqarli bo‘ladi. Boshqa ma‘lumotlar, masalan, mashinaning rangi, dizayni yoki qaysi mamlakatda yig‘ilganligi ishga taalluqli emas. Bu mashina xaridorining maqsadlari ishonchlilik va narx to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bilan cheklanishini anglatmaydi; faqat, agar ushbu ko‘rsatkichlar to‘g‘ri kelsa, boshqa omillarning ahamiyati yo‘q.
Foydalanish xarajatlari, masalan, transport vositalari uchun soliq tanlangan hajmli dvigatelga ega barcha mashinalar uchun bir xil bo‘lsa, ushbu xarajatlarga bevosita ta‘sir ko‘rsatadigan ma‘lumotlar ham e‘tiborga olinmasligi kerak. Qaror qabul qilish bir necha imkoniyatlardan tanlovni o‘z ichiga olishi tufayli qaror aynan ushbu 20
imkoniyatlar o‘rtasidagi farqlar asosida qabul qilinadi. Transport vositalari uchun soliqning mavjudligi qaror mashinani xarid qilish kerakligi yoki kerak emasligini tanlashdan iborat bo‘lgan holatdagina ahamiyatli ma‘lumotga aylanadi, chunki ushbu soliq avtomobil egasining xarajatlari turlaridan biri hisoblanadi. Agar mashina xarid qilinmasa, ushbu soliq ham to‘lanmaydi. Umumiy omillar ta'siri juz'iy bo‘lgan joyda oldingi xarajatlar ham hisobga olinmasligi kerak, chunki ular barcha ehtimoliy harakatlar yo‘nalishlari uchun bir xildir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin