O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə110/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Masalaning yechimi
kE = d±- + g = -0,14 + 0,05 = 12%.
E Peo 2,00
Agar qayta investitsiya qilinadigan foyda va (b) dividendlar uchun to‘lanadigan foydaning qayd etilgan nisbati aniqlangan, mablag‘lar esa (r) doimiy daromadlilik bilan qayta investitsiya qilinayotgan bo‘lsa, bunda o‘sish sur‘ati quyidagini tashkil etadi:
g = b x r.
Dividendl
ar doimiy bo‘lishini yoki o‘sish sur‘ati doimiy bo‘lishini taxmin qilish haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Amaliyotda dividendlar vaqti- vaqti bilan o‘sish, yangi darajada esa - navbatdagi o‘sish davrigacha vaqtincha o‘zgarmas bo‘lib qolish an‘anasiga ega. Ushbu sharoitlar,
garchi amaliyotda hisob-kitobni aniq bo‘lmasa ham reallikka
yaqinlashtirish imkonini bersada, odatda, hisobga olinishi shart emas.
Taqsimlanmagan foyda
Oldingi boblarda aniqlik kiritilganidek, taqsimlanmagan foyda moliyalashning bepul manbai emas. U aksiyadorlar uchun muqobil qiymatga ega, chunki agar bunday foyda taqsimlanganda, aksiyadorlar undan daromad keltiradigan qo‘yilmalami amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin edi. Biroq taqsimlanmagan foyda qiymatini alohida aniqlash noto‘g‘ri bo‘lardi. Biz aksiya qiymatini hisoblayotganimizda, aksiyadorlik kapitali qiymatini va taqsimlanmagan foyda qiymatini aniqlaymiz. Dividendlarni baholash modelida foydalaniladigan (yuqoridagi bo‘limlarga qarang) aksiyaning joriy bozor narxi (pE0) muayyan aksiya bilan bog‘liq har qanday taqsimlanmagan foydani aks ettiradi. Shunday qilib, shaxsiy kapital qiymati to‘g‘ri aniqlangan sharoitda, ushbu kapital qisman aksiyalardagi kapital (share capital)ni, qisman esa taqsimlanmagan foydani ifodalashi avtomatik ravishda hisobga olinadi.
Aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar
Konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar qiymati to‘lanib qaytarib olinadigan obligatsiyalar sifatida baholanishi mumkin. Ushbu obligatsiyalar bo‘yicha foiz ular aksiyalarga konvertatsiya qilish orqali qaytarib olinadigan sana boshlanmagunga qadar to‘lanadi. Shunday qilib, konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar qiymatining hisob-kitobi obligatsiyalar qiymatini baholashga o‘xshash operatsiyani ifodalaydi, obligatsiyani qaytarib olish uchun pul to‘lash summasi noma‘lumligidan tashqari, chunki konvertatsiya paytida oddiy aksiyaning qanday qiymati belgilanishini bilmaymiz. Xuddi shunday, aksiyalar qiymatining hisob- kitobida ham bir necha taxminlarga - masalan, aksiya uchun dividendlar doimiy bo‘lib qolishiga yoki ular doimiy miqdorga o‘sishiga asoslanishimiz mumkin.


    1. misol



Hozirgi paytda —Tower plc” kompaniyasining konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalari kapital bozorida 100 f. st. nominalda 140 f. st. narx bo‘yicha muomalaga kiritilgan. Obligatsiyalar bo‘yicha 100 f. st.
nominalga 11 f. st. miqdorida har yilgi foiz to‘lanadi va besh yillik muddat tugaydigan sanaga kelib obligatsiya 100 f. st. nominal uchun 50 ta oddiy aksiya nisbatida konvertatsiya qilinishi mumkin. Oddiy aksiyalarning joriy qiymati 2,20 f. st. ni tashkil etadi, keyingi besh yil mobaynida uning har yili 5% ga o‘sishi kutilmoqda. Konvertatsiya qilinadigan obligatsiyaning narxi qancha bo‘ladi?
Hisob-kitoblarda korporatsiyaning daromad solig‘i 30% stavka bo‘yicha olinishiga e‘tibor qarating.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin