O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


CAPMdan foydalanishga nisbatan an’anaviy yondashuv qo„llanishi amaliyligi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə118/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

CAPMdan foydalanishga nisbatan an’anaviy yondashuv qo„llanishi amaliyligi
An‘anaviylik tarafdorlari nazariy jihatdan CAPMga qo‘shilmasalarda, chamasi, CAPMni diskont stavkalari qo‘llanishmrng yetarlicha jumboqli usuli sifatida baholaydilar. E‘tiroz, aslida, ular tomonidan CAPM parametrlari (tavakkalchiliksiz foiz stavkasi, kutiladigan bozor daromadliligi va beta-koeffitsiyenti)ni hisob-kitob qilish qiyinligini anglab yetishga asoslanadi. An‘anaviylik tarafdorlari shunda haqlarki, bizning ularni aniq hisoblab chiqish qobiliyatimizga ishonchsizlik bilan qaraydilar. Biroq ular kapital qiymati uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hisob-kitoblar “an'anaviy” usul bilan bajarilganda, CAPM hisob-kitoblariga nisbatan xatolarga kamroq sezuvchan deb hisoblaganda, ehtimol, nohaqdirlar.
Odatda, shunday tuyulishi mumkinki, an‘anaviy yondashuvda yoxud uzoq muddatli moliyalash turli manbalaridan kelgusi pul oqimlariga, yoxud har bir manba qiymati to‘g‘risidagi oldingi ma‘lumotlarga asoslangan hisob-kitoblardan foydalaniladi. Agar ushbu hisob-kitoblar kelgusida kutiladigan natijalarga asoslangan bo‘lsa, ular CAPMni aniqlashda foydalaniladigan usuldan ishonchliroq emas. Agar loyihaning kelgusi pul oqimlari diskont stavkalari sifatida foydalaniladigan WACC yaqin o‘tmishdagi ma‘lumotlar asosida aniqlansa, bu ham yetarlicha shubhali tuyuladi. O‘tmishdan kelajakka oddiy ekstrapolyatsiya har doim ham yaxshi g‘oya hisoblanmaydi, mazkur o‘rinda esa u ayniqsa nomuvofiq tuyuladi.
Tadqiqotlar natijalari diskont stavkalarini aniqlash uchun CAPMdan, jumladan, yirikroq kompaniyalar o‘rtasida yuqorilab boruvchi foydalanishdan dalolat beradi.
CAPM kichik firmalarga ularning kapitali qiymatini aniqlashda, ayniqsa, foydali bo‘lishi mumkin. Ushbu firmalarning bozor qiymati, odatda, noma‘lum bo‘ladi. Yirik kompaniyalarning e‘lon qilingan beta- koeffitsiyentlari shu tarmoqning o‘zida kichik korxonalar uchun foydali sanoq boshi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Amaliyotda foydalaniladigan WACC baholari
Manzara kengligini ta‘minlash uchun Dimson, Marsh va Stonton (Dimson, Marsh and Staunton 2002) fikricha, butun XX asr mobaynida Buyuk Britaniyadagi kompaniyalar aksiyalarining real (ya‘ni, inflyatsiya hisobga olinmagan holda) daromadliligi o‘rtacha yiliga 7%ga teng bo‘lgan.
Bu aslida aksiyaning o‘rtacha qiymatini ifodalaydi. Aksariyat kompaniyalar qarz moliyalashga ham egaligi, qarz majburiyatlari pastroq WACCga intilishi tufayli biz Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan amalda foydalaniladigan stavkalar taxminan 6% darajadan oshmasligini kutishimiz mumkin.
So‘nggi tadqiqotlar ma‘lumotlari (Gregory, Rutterford and Zaman 1999; Al-Ali and Arkwright 2000; McLaney, Pointon and Tucker 2004) shundan dalolat beradiki, Buyuk Britaniyada amaliyotda qayd etilgan o‘rtacha real WACC 7% dan 9% gacha diapazonda bo‘lgan, garchi ko‘plab firmalar o‘z WACCni ushbu diapazondan tashqari baholaydi. Ushbu maksimal baholar, Dimson va boshqalar tadqiqotlari natijalari hisobga olingan hamda tekshirilgan kompaniyalar investitsiyalarni baholash uchun diskont stavkasi sifatida WACCdan foydalanishlariga yo‘l qo‘yilgan holda, bemalol qo‘llanishi mumkin bo‘lib, ular tomonidan ayrim baholanadigan investitsiya imkoniyatlari haddan tashqari yuqori kutiladigan daromadlilik natijasida rad qilinishi mumkin.
«Hamma narsa uy va bog‘ uchun» do‘konlar tarmog‘i (shu jumladan, B&Q DIY do‘konlari)ga ega Kingfisher plc kompaniyasi 2004-yil uchun o‘z yillik hisobotida kompaniya kapitali qiymatini yiliga 8,4% miqdorda baholaydi. Bu Kingfisher plc kompaniyasini kapital qiymatini hisobga oladigan Buyuk Britaniya kompaniyalari bilan bir qatorga qo‘yadi, biroq mazkur qiymat Dimson va boshqalar taxmin qilgandan ancha yuqori. Kingfisher plc - notipik kompaniya, odatda, firmalar o‘z kapitali qiymatini e‘lon qilmaydi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin