kompaniya investitsiyalarining umumiy tavakkalchiligi bilan bir xil.
Qolgan masalalar
Muayyan kapital manbai qiymati, loyiha faqat ushbu manbadan mablag‘ bilan ta‘minlangan taqdirda ham diskont stavkasi sifatida qo‘llanilmasligi kerak. WACCni qo‘llang.
CAPMdan alohida manbalar qiymatini aniqlash uchun foydalanish mumkin, biroq WACC baribir qo‘llanishi kerak.
CAPM, ayniqsa, bozor narxi yo‘qligi tufayli kichik korxonalar uchun foydali; an‘anaviy yondashuvda bozor narxi - aksiyadorlik kapitali qiymatini aniqlashning ajralmas qismi hisoblanadi.
NAZORAT SAVOLLARI Moddiy aktivlar qiymatini nima belgilaydi (qiymati faqat hissiyot asosida belgilanadigan aktivlardan farqli ravishda)?
Obligatsiyalar bo‘yicha prognoz qilinadigan pul oqimlari va uning joriy bozor qiymati bizga ma‘lumligini hisobga olib, obligatsiyalar qiymatini aniqlashning qanday usulini tanlagan bo‘lardik?
Kompaniya shaxsiy va qarz mablag‘larining “maqsadli” nisbatiga egaligi nima uchun haqiqatga yaqin tuyuladi?
Loyihani moliyalash uchun tanlangan muayyan kapital manbai qiymati ushbu loyihaga nisbatan diskont stavkasi sifatida qo‘llanishida nima noto‘g‘ri?
O‘rtacha chamalab ko‘rilgan kapital qiymati (WACC) hisob- kitobida shaxsiy va qarz mablag‘larining bozor yoki balans qiymatidan foydalanishimiz kerakmi?
Dividendlar modeli yordamida aksiyalar qiymatini hisob-kitob qilishda kelgusi dividendlar doimiy darajasini yoki dividendlar o‘sishi doimiy darajasini taxmin qilishimiz kerakmi? Javobingizni izohlab bering.