Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org
Muammoga an’anaviy nuqtai nazar An‘anaviy nuqtai nazarga ko‘ra, agar aksiyadorlik kapitali hisobiga yaxtalar ijarasini moliyalashtirish daromadliligining kutilgan me‘yori 14% ni tashkil qilsa, u holda moliyaviy leverejni loaqal o‘rtacha darajada joriy etish bunga katta ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Leverej oshirilganda aksiyadorlar ham, kreditorlar ham qo‘shimcha riskni his qiladilar va yuqori daromadni talab qiladilar. Biroq past darajadagi leverejda hech kim risk uchun kompensatsiya sifatida foydani sezilarli darajada oshirishni talab qilmaydi va bu bilan WACC kamayadi. Leverej eng yuqori darajaga yetganda, investorlarning har ikkala guruhi uchun risk masalasi juda muhim ahamiyat kasb etadi, shuning uchun daromadlilikka talablar sezilarli darajada o‘sa boshlaydi.
WACCning keskin ortishi ham sodir bo‘ladi. Garchi har bir guruh tomonidan talab qilinadigan daromad jadal o‘sa boshlaydigan nuqtalar ustma-ust tushishi shart bo‘lmasa-da, an‘anaviy yondashuv
tarafdorlariga ko‘ra, WACC minimal bo‘lgan nuqta (yoki bir qancha nuqta) mavjud.
Mazkur nuqtai nazardagi mantiqiy xulosa shundan iboratki, leverejning kapitalni o‘rtacha tortilgan qiymati minimal bo‘lgan optimal darajasi mavjud. Bu o‘z kapitalining qiymati sezilarli darajada oshmaydi va leverejning muayyan ahamiyatli darajasiga erishilmagunga qadar qarz kapitalining past qiymati afzalliklarini —oshirib yubormaydi”, degan taxmindan kelib chiqadi.
An‘anaviy nuqtai nazarni asoslash shundan iboratki, kreditorlar leverejning yuqori darajasida ularning himoyalanganligi, mohiyatan, yo‘qolishini tushunishadi va ortib borayotgan risk darajasini kompensatsiyalash uchun yuqori foiz stavkalari talab qilishni boshlaydilar. Bundan tashqari, leverejning muayyan darajasiga qadar oddiy aksiyalar egalari ularning daromadlariga tahdid solayotgan riskni jiddiy deb baholamaydilar. Biroq shu darajaga erishilgandan so‘ng, ular leverejning kelgusi oshishi evaziga foydaning sezilarli darajada o‘sishini talab qila boshlaydilar.
Umuman, an‘anaviy yondashuv tarafdorlarining xulosasi shundan iboratki, leverej - har holda, muayyan darajagacha aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish ma‘nosida ijobiy omil, lekin shu darajaga erishgandan so‘ng, u WACCga va o‘z navbatida, ularning farovonligiga salbiy ta‘sir ko‘rsata boshlaydi.
1950-yillarda ba‘zi tahlilchilar leverej qiymatini shubha ostiga qo‘yib, an'anaviy qarash uchun xos bo‘lgan —tekinga nimadir” jihati hamda jadal kuchayib borayotgan —qimmatli qog‘ozlar samarali va oqilona baholanmoqda” degan fikrni o‘zaro muvofiqlashtirish mushkul deb hisobladilar.