Qayta ishlash sanoat korxonalari (turli darajada) 1993%
Sof keltirilgan
32
39
68
74
80
36
71
qiymat Ichki daromadli
44
57
75
81
81
28
80
lik darajasi Qoplash davri
73
81
92
94
70
82
86
Foydaning buxgalteriya
51
49
56
50
56
37
77
me‘yori Jami
200
226
291
299
287
183
314
Manbalar: 1Pike (1982); 2Pike and Wolfe (1988); 3Pike (1996); 4Arnold and Xatzopoulos (2000); 7McIntyre and Coulthurst (1985); 6Drury, Braund, Osborne and Tayles (1993). Arnold va Xadzopulos tadqiqotlarda ishtirok etgan yirik kompaniyalarning 80%i NPVni qo‘llaganligmi aniqladi, ammo deyarli barcha hollarda boshqa usullar bilan birgalikda ishlatilgan - bitta yoki undan ko‘proq. Shuningdek, so‘rovda qatnashgan yirik firmalar NPV, IRR yoki ularning kombinatsiyasidan foydalangan. Ko‘pgina hollarda IRR NPV uchun yaxshi almashtirish sanaladi.
Lekin, aftidan, NPV barcha firmalar tomonidan ishlatilmasligiga asoslangan holda aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish birlamchi maqsad emas, deb xulosa qilish noto‘g‘ri bo‘lardi. Payk va Ooi (Pike va Ooi, 1988) tomonidan ko‘rsatib o‘tilgandek, aslida, muayyan kompaniya uchun aksiyadorlarning farovonligini maksimallashtirish ahamiyati bilan NPV usuli o‘rtasida jiddiy bog‘liqlik mavjud emas. Ehtimol, moliyaviy qaror qabul qiladiganlarning ba‘zilarida ma‘lum bir maqsadni nazariy jihatdan uning amalga oshishiga imkon beruvchi baholash usullari bilan bog‘lash imkonini beradigan tajriba yetarli emas. Taxmin qilinganidek, kamroq tajribaga ega kichik kompaniyalar orasida NPV ning kamroq ommalashishi buning tasdig‘i bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Boshqa tomondan, yirik va kichik kompaniyalar o‘rtasida NPVdan foydalanish bo‘yicha nomutanosiblikni ular turli maqsadlarni ko‘zlashi bilan ham tushuntirishi mumkin.
Ba‘zi kompaniyalar NPV usulidan foydalanishi va bu farovonlikni maksimallashtirish bilan qanday bog‘liq ekanligini o‘zlarining yillik hisobotlarida ma‘lum qiladi. Dvigatellar va elektr energetikasi tizimlari ishlab chiqaruvchi “Rolls-Royce plc” kompaniyasi 2003-yilgi hisobotida quyidagini ma'lum qilgan: —Guruh investitsiya loyihalari aksiyadorlar uchun qiymat yaratishiga ishonch hosil qilish maqsadida ularning barchasini risk va kelgusi pul oqimlari bo‘yicha qat‘iy tekshiruvdan o‘tkazadi”. Hisobotda, shuningdek, guruh tomonidan investitsiya
qarorlarini baholash uchun diskontlangan pul oqimlari tahlili qo‘llanilganligi haqida xabar beriladi.