4.2. Qo‘shimcha aksiyadorlik kapitalini jalb qilish
usullari Yangi aksiyadorlik kapitalini jalb qilishning uchta asosiy usuli mavjud: daromadni dividendlar sifatida to‘lash o‘rniga qayta investitsiyalash; mavjud aksiyadorlar uchun yangi aksiyalar chiqarish; ochiq savdoga yangi aksiyalarni chiqarish. Faktlar, yildan-yilga o‘zgarib turishiga qaramasdan, daromadni qayta investitsiyalash aniq ustunlikka egaligini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda mavjud aksiyadorlar uchun huquqlar emissiyasi ko‘rinishidagi yangi aksiyalar chiqarish, qiymat ko‘rinishida, ochiq sotuvga aksiyalar chiqarilishiga qaraganda ancha ko‘proq bo‘ldi (Angliya Banki ma‘lumotlari).
Taqsimlanmagan foyda Yangi kapitalni jalb qilish manbai sifatida taqsimlanmagan foydani yodga olishimiz kimgadir ajablanarli ko‘rinishi mumkin. Shu bilan birga, daromad tabiiy ravishda mablag‘lar hajmining sof o‘sishiga olib keladi, dividendlar ko‘rinishida chiqarish o‘rniga uni saqlab qolish esa, aslida kapital jalb qilishning bir usuli hisoblanadi. Oxir-oqibat, agar barcha foydalar dividend sifatida to‘lanadigan bo‘lsa, keyin aksiyadorlar dividend sifatida olgan o‘z mablag‘lariga dividend olish uchun yangi aksiyalar sotib olsalar, bu foydani birlamchi qayta investitsiyalash kabi samara beradi.
Aslida, taqsimlanmagan foyda so‘nggi yillarda Buyuk Britaniyadagi kompaniyalar tomonidan olinadigan uzoq muddatli barcha mablag‘larning yarmini tashkil etuvchi muhim moliyaviy manba hisoblanadi.
Moliyaning erkin manbai? Bir qaraganda, taqsimlanmagan foyda yangi kapital jalb qilishda manba sifatida e‘tirof etiladi. Ammo biroz fikrlab ko‘rib, biz bunday emasligini tushunamiz. Oddiy aksiyadorlar nuqtayi nazaridan dividendlar olishning muqobili mavjud, ya‘ni biror-bir foydali korxonalarga mablag‘ qo‘yish. Bunda o‘z-o‘zidan o‘xshash risk darajasiga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar bilan taqqoslash xayolga kelgani uchun, taqsimlanmagan foyda mantiqan oddiy aksiyalar qiymatidek qiymatga ega bo‘ladi.