O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə62/216
tarix13.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#175928
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   216
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Nazoratning tarqoq bo„lishi.
Emissiya natijasida nazorat yoyilib ketmaydi chunki mavjud aksiyadorlarga, ular odatda foydalanadigan, aksiyalar chiqarilgandan so‘ng aksiyalar chiqarilgunga qadar ega bo‘lgan ovoz berish huquqlarini saqlab qolish imkoniyati beriladi.
Ayrim aksiyadorlar emissiya huquqlardan foydalanish uchun naqd mablag‘larga ega bo‘lmasliklari mumkin.
Bu aksiyalari ma‘lum fond birjasida muomalada bo‘lmagan kompaniya uchun katta muammo bo‘lishi mumkin. Buning oqibatida aksiyalarni uchinchi shaxsga sotish qiyinlashadi.
Ochiq aksiya chiqarish
Aksiyalarni ochiq chiqarish amalda kam amalga oshiriladi va aksiyadorlik moliyalashtirishning arzimas qismini - ehtimol oxirgi bir necha yillarda Buyuk Britaniya kompaniyalarida yangidan jalb qilingan kapitalning 10% dan kamroq qismini tashkil qiladi. Bunday aksiya chiqarishlar kam bo‘lsa ham, sodir bo‘lganlari odatda yirik bo‘ladi. Ularni asosan fond birjasida yaqinda kotirovka va savdo qilishni boshlagan, ya‘ni aksiyalarning birlamchi ommaviy taklifi yoki «Ay-pi- o» (initial public offering, IPO) nomi bilan ma‘lum oddiy aksiyalarning miqdor jihatidan katta ommaviy chiqarilishini birinchi marta amalga oshirayotgan kompaniyalar o‘tkazadilar.
Aksiyalarning takroriy (“mavsumiy”) taklifi (seasoned offerings) (ya‘ni listingi ilgari o‘tgan kompaniyalar aksiyalari emissiyasi) kamroq yuz beradi.
Texnik jihatdan ommaviy aksiya chiqarishning ikki usuli mavjud.
  • emitent-kompaniya aksiyalarni emissiya uyiga (issuing house), odatda shunday faoliyat turiga ixtisoslashgan tijorat bankiga sotishi mumkin. Shundan so'ng, emissiya uyi aksiyalarni ochiq sotuvga qo'yadi. Bu sotuvga taklif (offer by sale) deb nomlanadi;


  • emitent-kompaniya aksiyalarni vositachilarsiz sotadi. Odatda, aksiya bahosini o‘rnatish kabi masalalar bo‘yicha kompaniyalar tijorat banklari maslahatlaridan foydalanadilar. Bu holda bunday operatsiya emissiya prospekti yordamida sotish taklifi deb nomlanadi (offer by prospectus).


Qaysi usuldan foydalanilayotganligidan qat‘i nazar, umumiy muolajalar o‘zgarmasdan qoladi. Asosan aksiyalar gazetalarda yoki boshqa vositalarda reklama qilinadi. Reklama berishni qonun talab qiladi va London fond birjasi qoidalariga muvofiq bunday axborotning katta miqdorda berilishi ko‘zda tutiladi. Bunday tayyorgarlikka ko‘p mablag‘ sarflanadi, amaliyotda mustaqil auditorlar hisobotini ko‘zda tutadi va sh.k. Bunday katta hajmdagi va batafsil axborotning kiritilishidan maqsad - odamlarni London fond birjasi faoliyatini boshlagan vaqtlarda kompaniyalar tez-tez qo‘l urgan har qanday vijdonsizlik va tovlamachilikdan himoyalash hisoblanadi.


Aksiyalarni emissiya uylari tomonidan reklama orqali ochiq bozorda sotish kabi turi mavjud. Bu “taqsimlash” (plasing) deb nomlanadi. Bu holda emissiya uyi aksiyalarni “taqsimlaydi”, ya'ni aksiyalarni o‘zining bir nechta mijozlariga, masalan sug‘urta kompaniyalari va pensiya fondlariga sotadi. Bu ochiq obuna deb ataladi, ammo odatiy, keng ma‘noda emas. Bunday joylashtirish bilan qo‘shimcha mablag‘ jalb qilayotgan kompaniya uchun imtiyozlar shundaki, u reklama va anderrayting (quyida qarang) kabi xarajatlardan mablag‘ tejaydi. Lekin bari bir an‘anaviyroq ommaviy aksiya chiqarishdagi kabi katta hajmdagi qimmatbaho axborotni taqdim qilish zarurati qoladi. 2001-yil oktyabr oyida —Somerfield pls” kompaniyasi, shunday joylashtirish yo‘li bilan supermarketlar tarmog‘i 51 mln f.st jalb qilgan.
Uncha yirik bo‘lmagan kompaniyalar London fond birjasi listingi to‘liq ro‘yxatini olish uchun qat‘iy qoidalarga (va ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga) bog‘lanib qolishni istamaydilar. Bunday kompaniyalar uchun London fond birjasida aksiyalar bilan savdo qilish mumkin bo‘lgan alohida bozor mavjud. Bu ko‘pchiligi ancha ko‘p yoki kamroq kapitalga ega bo‘lsa ham, aksiyadorlik kapitali 20 mln f.st atrofidagi bozor qiymatiga ega bo‘lgan kompaniyalarga xizmat ko‘rsatuvchi muqobil investitsiya bozoridir [Alternative Investment Market (AIM)].
Qator kompaniyalarning aksiyalari muqobil bozorda muomalada bo‘lganligi uchun to‘liq listingni olish va saqlashga qo‘yilgan talablarga rioya qilinmaganligi, lekin juda qattiq bo‘lmagan shartlar qondirilganligi to‘g‘risida bo‘lajak investorlar ogohlantirishi lozim. Shu bilan bunday qimmatli qog‘ozlar to‘liq listing olgan kompaniyalar tomonidan taklif qilinayotgan qimmatli qog‘ozlarga qaraganda riski ko‘proq investitsiyalar ekanligi tushuniladi.
Muqobil investitsiya bozori kompaniya tomonidan to‘liq listing olish uchun qo‘yilgan qadam sifatida qaraladi. Lekin, yaqinda to‘liq listingli bir necha kompaniya o‘z listinglarini AIM ga o‘tkazdilar. Shubhasiz, bu to‘liq listingga kiritilishi uchun to‘lanadigan katta yillik 105
badalni tejab qolish, ehtimol, to‘liq listing qat'iy talablariga roiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar va noqulayliklarni chetlab o‘tish maqsadida qilingan.
AIM batafsilroq kichik biznes to‘g‘risida so‘z yuritilganda 16- bobda ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin