Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org
Emissiya huquqlar bahosining qiymati Kompaniya uchun emissiya huquqlar bahosi to‘g‘ri belgilash qanchalik muhim? Agar imtiyozli huquq, aytaylik, bir aksiyani 1,5 f.st. o‘rniga 1 f.st dan sotib olish imkoniyatini bersa yuqorida keltirilgan misolda aksiyadorlarning ahvoli yaxshilanadimi, yomonlashadimi yoki o‘zgarmay qoladimi?
Agar emissiya bahosi bir aksiya uchun 1 f.st ni tashkil qilganda, 1,2 mln f.st. mablag‘ jalb qilish uchun 1,2 mln dona aksiya chiqarish talab qilinishi ko‘rinib turibdi. Aksiyadorlik kapitalining qiymati aksiyalar chiqarilgan zahoti o‘zgarmay qolardi - 8,4 mln f. st, - aksiyaning bozor qiymati esa 1,615 f. st. (8,4 mln f. st. G'5,2 mln)ni tashkil qilgan bo‘lar edi. Bu bilan huquq qiymati bir aksiyaga 0,615 f.st ga teng bo‘lar edi. Keling yana 30 dona yangi aksiya sotib olish huquqidan foydalanishga qaror qilgan 100 dona birlamchi oddiy aksiyalar egasining vaziyatini esga olamiz (unutmang, endi 1,2 mln yangi aksiya 4 mln boshlang‘ich aksiyalar egalariga taklif qilinishi mumkin, ya‘ni 3:10 nisbatda).
Bizning aksiyadorimizning kattalashgan paketi 210 f.st. ni tashkil qiladi. Avvalgi holatdagi kabi boshlang‘ich qo‘yilmalar summasining ortishi (180 f.st.) aksiyador to‘lashi kerak bo‘lgan summa bilan to‘liq qoplanadi. Shunday qilib, aksiyadorning farovonligi huquqlar chiqarilayotgan narxlarga bog‘liq bo‘lmaydi. huquqlarni sotishga qaror qilgan aksiyadorning vaziyati o‘zgarmasdan qolishini ham isbot qilish qiyin emas.
Odatda kompaniyalar emissiya huquqlari bahosini aksiyalar joriy narxlaridan taxminan 21 foizga pastroq qilib belgilaydilar (Armitage, 2000). Bu aksiyadorga hech qanday ustunlik bermaydi. Ammo, foydalanilmagan huquq aksiyador holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatgani uchun, chegirma bilan sotib olish uchun emissiya huquqi aksiyadorni o‘z huquqlaridan foydalanishga yoki uni sotib yuborishga majbur qiladi. Ikkala holda ham bu muvaffaqiyatli aksiyalar chiqarilishini ta‘minlaydi, shu natijada, barcha aksiyalar sotiladi, kerakli pul summasi esa - qo‘lga kiritiladi.
Aksiyalarni chegirma bilan sotib olish huquqi emissiyasining yana bir sababi - huquqlar emissiyasi (shuningdek, huquqlar emissiyasi bahosi) e‘lon qilingan kunidan emissiya kunigacha emissiya qilingan aksiyalar bozor bahosining har qanday tushib ketishi, baribir huquqlar emissiyasi bahosini bozor bahosidan pastroqligicha qoldirishini kafolatlashga urinib ko‘rish hisoblanadi. Agar aksiyalarni chiqarish sanasiga huquqlardan foydalanishdan ko‘ra aksiyalarni fond bozorida sotib olish arzonroq bo‘lsa, aksiya chiqarish albatta muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.