Foizli svop
Faraz qilaylik qandaydir kompaniya shartnomada suzuvchi foiz stavkali (floating interest rate) qarz deb belgilangan, ya‘ni iqtisodiyotda umumiy foiz stavkasi darajasi doirasida o‘zgarib turadigan foiz stavkasi bilan qarz oldi. Ehtimol, kompaniya o„zgarmas foiz stavkasini (fixed interest rate) afzal ko‘rar, ammo bu shart to‘g‘risida kelishishning imkoniyati bo‘lmadi.
Bunday hollarda bizning kompaniyamiz muammolari butunlay qarama-qarshi bo‘lgan, ya'ni o‘zgarmas foiz stavkali shartnomaga ega, ammo qarzni suzuvchi foiz stavkasi bilan to‘lashni istaydigan boshqa kompaniyani topishi mumkin. Shundan so‘ng bu kompaniyalarning har biri boshqa kompaniyaning qarz majburiyatlariga xizmat ko‘rsatishga kelishib olishlari mumkin. Amalda ular avval shartnoma tuzadilar va obligatsiyalar chiqaradilar yoki boshqa bir shaklda kredit oladilar.
Turli kompaniyalar turlicha kredit reytingiga ega bo‘lganliklari sababli, foizli svop (interest rate swap) amaliy ahamiyatga ega.
Ulardan biri qat'iy stavka bo‘yicha emas, balki mos keladigan suzuvchi stavka bo‘yicha shartlashish imkoniyatiga ega. Ikkinchi kompaniya esa qarama-qarshi vaziyatda bo‘lishi mumkin. Svoplar - derivativlarga yana bir misol bo‘la oladi.
Tesco plc supermarketlar tarmog‘i risklarni kamaytirish maqsadida foizli svoplarni qo‘llaydi. Kompaniyaning 2004-yilga yillik hisobotida kompaniyaning siyosati 40 foiz atrofidagi qarzlari belgilangan stavka bo‘yicha bo‘lishiga qaratilganligi ko‘rsatilgan.
Konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar
Konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar (convertible loan stocks) - bu obligatsiyalarning hozir ko‘rib chiqilgan barcha xususiyatlariga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular muayyan muddatda shu kompaniyaning oddiy aksiyalariga konvertatsiyalanishi (aylanishi) mumkin. Konvertatsiya nisbati (conversion rate) odatda 100 f.st obligatsiya nominal qiymatiga olinishi mumkin bo‘lgan oddiy aksiyalar soni bilan ifodalanadi. Agar obligatsiya hayotiylik davrida aksiyalar bo‘linishi o‘tkazilgan yoki qo‘shimcha aksiyalar chiqarilgan bo‘lsa, odatda konvertatsiya shartlariga mos ravishda tuzatishlar kiritiladi. Konvertatsiyalanuvchi qarz majburiyatlari - moliyaviy derivativga misol bo‘la oladi.
2003-yil iyul oyida “Cable and Wireless plc” telekommunikatsiya kompaniyasi ta‘minlanmagan konvertatsiyalanuvchi obligatsiyalar 122
chiqardi. Emissiya 258 mln f. st. jalb qilish imkonini berdi. Obligatsiyalar yillik 4 foiz kupon stavkasiga ega bo‘lib, har bir (nominal) qiymati 1000 f. st. bo‘lgan obligatsiyaga 457,93 dona aksiya nisbatida, 2010-yilning 9-iyuligacha istalgan vaqtda konvertatsiyalash imkoni mavjud bo‘lgan.
Qator kompaniyalar konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar orqali moliyalashtirilishiga qaramay, oxirgi yillarda ular unchalik ommalashgani yo‘q.
Konvertatsiyalanadigan qimmatli qog‘ozlar (convertibles) - aksiya va obligatsiyalarning gibridi bo‘lganligi sababli, emitent kompaniyaga ham, potensial investor uchun ham ahamiyatli bo‘lgan omillar, biz avval aytib o‘tganlarimizga o‘xshash bo‘ladi.
Shunday bo‘lsada konvertatsiyalanadigan qimmatli qog‘ozlarning ayrim o‘ziga xos xususiyatlarini qayd etib o‘tish lozim.
Dostları ilə paylaş: |