Emissiya xarajatlari Obligatsiyalar chiqarish, aksiya chiqarishga qaraganda arzonroq tushishi hisobga olinsa, konvertatsiyalanadigan qimmatli qog‘ozlar - oddiy aksiyalar chiqarishning kam xarajatli usuli ekanligi yaqqol ko‘rinadi.
Qarzlarning o„z-o„zini qoplashi Kompaniyaning qarz majburiyatlarini qoplashi uchun mablag‘ izlashini zarurati yo‘q, chunki ular oddiy aksiyalarga
konvertatsiyalanadi. Bu, albatta, ular bepul ekanligini anglatmaydi. Obligatsiyalarni qayta sotib olish uchun aksiya chiqarish kompaniya va uning mavjud aksiyadorlari uchun muqobil xarajatlarni tashkil qiladi. Agar investorlar obligatsiyalar ishonchliligini avvaldan ta‘minlab qo‘yishni afzal ko‘rsalar va shu bilan birga, kompaniya muvaffaqiyatga erishgan taqdirda qarz qimmatli qog‘ozlarini mulkka egalik huquqiga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun odatda mablag‘ jalb qilishda ayirboshlanadigan obligatsiyalardan foydalaniladi.
Varrantlar
Varrantlar (warrants) - mohiyatan unga egalik qiluvchi kompaniya tomonidan taqdim qilinadigan, uning ma‘lum miqdordagi oddiy aksiyalariga o‘matilgan narxlarda ma'lum muddatlarda yoki bu muddat tugagach - odatda chiqarilgandan so‘ng bir necha yildan keyin, obuna bo‘lish huquqini beruvchi opsionlar hisoblanadi
Odatda kompaniyalar quyidagi usullarning biri bo‘yicha varrant chiqaradilar:
pul mablag‘lari tushumini ta'minlash maqsadida ularni sotadilar;
“shirinlashtiruvchi” yoki investorlarni obligatsiyalar sotib olishga
rag‘batlantiruvchi vosita sifatida ularning chiqarilishini obligatsiyalar emissiyasiga to‘g‘rilaydilar.
Agar kompaniyalar varrantlarni obligatsiyalarga “biriktirib” qo‘ysalar, ehtimol, bu ularni chiqarishning eng keng tarqalgan usuli bo‘lishi mumkin, mexanizmi konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlarni eslatadi. Farqi faqat shundaki, varrantlar aksiyalarga obuna bo‘lishda ishlatib bo‘lingandan so‘ng ham obligatsiyalar amal qilishda davom etaveradi. Shunday qilib, obligatsiyalar konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlar kabi “o‘zini-o‘zi qoplaydigan” bo‘lmaydi.
Konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar kabi varrantlar - moliyaviy derivativlardir. Qaysidir ma‘noda varrantlar konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlarni eslatadi, chunki ularning asosiy qirralari juda o‘xshash.